C6H6⇒benzol rangsiz, suvda erimaydigan, o’ziga xos hidli suyuqlik. Bo’yoqlar, dorilar, o’simliklarni himoya qilish vositalari, plasmassa olishda ishlatiladi.
C6H5CH3⇒toluol bo’yoqlar va trinitrotoluol olishda ishlatiladi.
C6Cl6⇒geksaxlorbenzol g’alla urug’larini qattiq qorakuya kasalligiga qarshi ishlatiladi.
C4Cl6 [CCl2=CCl−CCl=CCl2]⇒geksaxlorbutadien toklardagi filloksera (kuya) ga qarshi ishlatiladi.
Gerbisidlar (2,4-dixlorfenoksisirka kislota= tuzlari)⇒yovvoyi o’tlarga qarshi kurash vositasi.
Fungisidlar ⇒zamburug’ kasalliklariga qarshi kurash vositasi.
Insektisidlar ⇒zararli hasharotlarga qarshi kurash vositasi.
Naftalin ⇒yaltiroq kristall, o’ziga xos hidga ega. Sof holda uy ro’zg’or jundan qilingan buyumlarini kuyadan saqlaydi.
Antraxinon ⇒sariq kristall modda. Alizarin bo’yoq moddasi olishda asosiy xomsashyodir.
Alizarin ⇒qizil rangli kristall modda. Unga: Al(OH)3 qo’shilsa och qizil, Fe(OH)3 qo’shilsa to’q binafsha, Cr(OH)3 qo’shilsa yashil rang hosil bo’ladi.
Neft ⇒to’q jigarrang moysimon suyuqlik bo’lib uglevodorodlarning asosiy manbaidir.
Difenilefir [C6H5OC6H5]⇒ geran(yorongul) hidi.
Feniletilspirt [C6H5CH3CH2OH]⇒ atirgul hidi
Etilformiat [HCOOC2H5]⇒ rom essensiyasi
Etilbutirat [C3H7COOC2H5]⇒ ananas essensiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |