Moddaning agregat holati
Download 0.53 Mb.
|
Moddaning agregat holati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalton Jon (6.IX.1766—27.VII.1844)
- 6.Turli agregat holatdagi moddalarda kimyoviy bog‛lanish turlari
Gazlar aralashmasi. Tabiatda va texnikada, ko’pincha, gazlar aralashmasi bilan ish ko’rishga to’g‛ri keladi. Masalan, o’simlik va xayvonlar havodan nafas oladi, havo esa gazlar aralashmasidir. Tuproqdagi havo ham azot, kislorod, argon, uglerod (IV)-oksid kabi gazlar aralashmasidan iborat. Gazlar aralashmasida past va o’rtacha bosimlarda har qaysi gaz o’zining xossalarini saqlab qoladi. Gaz aralashmalari uchun partsial bosimlar qonuni (Dalton qonuni) katta ahamiyatga ega.
Gazlar aralashmasining umumiy bosimi uning tarkibiga kiruvchi gazlar partsial bosimlarining yig‛indisiga teng. Aralashma tarkibiga kiruvchi har qaysi gaz aralashma turgan hajmni egallaganda qancha bosim ko’rsatsa, shu bosim ana shu gazning partsial bosimi deyiladi. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: P=p1+p2+p3+…+pk Bu ifodaga ideal gazning holattenglamasi tatbiq etilsa bo’ladi. P=RT(n1+n2+n3+...nk)/VGazlar aralashmasining tarkibini bilgan holda, bu qonundan foydalanib, gazlar aralashniasining umumiy bosimini topish mumkin. Dalton Jon (6.IX.1766—27.VII.1844), ingliz kimyogari va fizigi. 1781—1793 yillarda maktabda, 1793 yildan Manchesterdagi kollejda fizika va matematikadan dars berdi. Uning ilmiy ishlari fizika va kimyo fanlariga oid bo’lib, osmon rangini, issiqlikning tabiatini, yorug‛likning sinishi va qaytarilishini o’rgandi. Natijada u gazlarning aralashish va bug‛lanish nazariyasini yaratdi. 1801 yilda gazlarning partsial bosimi, 1802 yilda gazlarning o’zgarmas bosimda harorat ta'sirida kengayishi, 1803 yilda gazlarning erishi ularning partsial bosimga bog‛liqligi qonunlarini kashf etdi. 6.Turli agregat holatdagi moddalarda kimyoviy bog‛lanish turlari Moddalardagi kimyoviy bog‛lanish turlari, asosan, moddaning agregat holatiga emas, balki shu modda qanday elementlardan tarkib topganligiga, ularning qutblanganlik darajasiga, elektrmanfiy yoki elektr musbatligiga qarab aniqlanadi. Kimyoviy bog‛lanishning asosiy turlari ikkita — ionli va kovalent bog‛lanish. Ionli bog‛lanishda (bunday bog‛lanish elektrovalent bog‛lanish ham deyiladi) elektron bir atomning elektron qavatidan ikkinchi atomning elektron qavatiga o’tadi. Masalan, osh tuzi molekulasi hosil bo’lishida natriyning tashqi qavatidagi elektron xlor atomiga o’tib, natijada natriy atomi musbat, xlor atomi esa manfiy zaryadlanadi. Bunday bog‛lanish atomlarning 8 elektronli barqaror tashqi qavat hosil qilishga intilishidan kelib chiqadi. Ion bog‛lanish sodir bo’lishi uchun o’zaro birikayotgan atomlarning elektronga moyilligi bir-biridan keskin farq qilishi kerak. Haqiqiy ion bog‛lanishli kimyoviy birikmalarning soni unchalik ko’p emas. Haqiqiy kovalent bog‛lanishli (atom bog‛lanish ham deyiladi) kimyoviy birikmalarning soni esa juda ko’p. Kovalent boglanishda birikayotgan atomlarning ikkalasi ham ma'lum sondagi elektronlarini berib, umumiy elektron juft hosil qiladi. Bu elektronlar jufti ikkala atomga ham taalluqli bo’lib, ularni bog‛lab turadi. Birikmalarning juda ko’pchiligida yuqorida aytilgan ikki tip bog‛lanishlar o’rtasida oraliq holatni egallaydigan bog‛lanishlar bo’ladi. Bunday bog‛lanishlar qutbli yoki kovalent qutbli boglanishiar deyiladi. Ularda elektronlar jufti atomlardan biriga tomon ko’proq yaqinlashgan bo’ladi. Bunday bog‛lanishli molekulalarga HF, HCl va boshqa molekulalar misol bo’la oladi (bog’lovchi elektronlar jufti F, Cl atomlariga yaqin joylashgan). Kovalent bog‛lanish hosil bo’lishida umumiy elektronlar jufti ikkala atomning elektronlari hisobiga emas, balki bitta atomning erkin elektronlari jufti hisobiga vujudga kelishi ham mumkin, masalan: Bunday bog‛lanish koordinatsion yoki donor-aktseptor bog‛lanish deyiladi. Bog‛lanish hosil bo’lishi uchun o’zining elektonlarini bergan atom yoki ion donor, «begona» elektron juftdan umumiy foydalanayotgan atom esa aktseptor deyiladi. Donor-aktseptor bog‛lanish kompleks birikmalarda ko’proq uchraydi. Atomlar o’zaro birikkanda ularning elektron bulutlari bir-birini ma'lum darajada qoplaydi, ya'ni bir-biriga «singib ketadi». Elektron bulutlar bir-birini qancha ko’p qoplasa, bog‛lanish shuncha puxta boladi. Bundan tashqari, elektron bulutlar bir-birini atomlarning birikish yo’nalishi, ya'ni bog‛lanish chizig‛i bo’yicha qoplasa, bog‛lanish puxta bo’lib, σ - bog‛lanish deyiladi. Agar elektron bulutlar bir-birini bog‛lanish chizig‛iga perpendikulyar yo’nalishda qoplasa, bog‛lanish ancha bo’sh bo’ladi va u π bog‛lanish (5-rasm) deyiladi, π - bog‛lanish atomlar orasida karrali bog‛lanish (masalan, HC≡CH) bo’lgan hollarda kuzatiladi. 5-rasm. σ- va π-bog‛lanishlar sxemasi. Bog‛lanishlar hosil bo’lishida elektronlar ishtirok etmaydigan hollar ham bor. Bulardan biz vodorod bog‛lanishni misol keltiramiz. Vodorod bog‛lanishni dastlab 1887 yilda rus kimyogari M. A. Ilinskiy kashf etgan. U gidroksil guruh OH tarkibiga kiruvchi vodorod boshqa molekulaning kislorodi bilan bog‛lanishi mumkinligini aniqladi. Vodorodbog‛lanishning tabiati hali uzil-kesil aniqlangan emas. Lekin bu bog‛lanishning sababi vodorod atomining yadrosi — proton nihoyatda kichik, uning sirtidagi musbat zaryad zichligi esa juda katta ekanligidan bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi. Vodorod bog‛lanish vodorodning ikkita elektrmanfiy atom bilan (F, O, N, ba'zan Cl va S) o’zaro ta'sirlashuvi natijasida vujudga keladi. Molekulalararo va ichki molekulyar vodorod bog‛lanishlar bo’ladi. Ichki molekulyar bog‛lanishda vodorod bitta molekula ichidagi ikki atomni o’zaro bog‛laydi. Molekulalararo vodorod bog‛lanish kovalent bog‛langan protonning boshqa molekuladagi atomning erkin elektronlariga tortilishidan vujudga keladi. Masalan, suv molekulasida vodorod bog‛lanish mavjud. Vodorod bog‛lanish normal bog‛lanishga nisbatan juda bo’sh, masalan, suv bug‛langanda bu bog‛lanishlar uziladi. Lekin shunga qaramay, vodorod bog‛lanish birikmalarning fizik xossalariga katta ta'sir etadi. Suv va spirtlarning assotsialanganligi va shu sababli nisbatan yuqoriharoratda qaynashi vodorod bog‛lanish tufaylidir. Organik birikmalarning molekulalari orasida ham ko’pincha vodorod bog‛lanish vujudga keladi. Oqsillar, nuklein kislotalar va polisaxaridlarning tuzilishida vodorod bog‛lanish ayniqsa katta vazifani bajaradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling