Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
Iqtisodiy mazmuniga qarab bu xarajatlar qo’yidagi elementlari bo’yicha guruhlashtirilgan:
material xarajatlari; mehnat haqi xarajatlari; ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar; asosiy vositalar amortizatsiyasi; boshqa xarajatlar. Boshqarishni takomillashtirish maqsadida xarajatlar moddalari bo’yicha buxgalteriya hisobida yuritiladi. Xarajat moddalari ruyxati korxona tomonidan ishlab chiqiladi. «Material xarajatlari» moddasida xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim fabrikatlarni, mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha turdagi yoqilg’i, texnologik maqsad uchun mahsulotni qadahlash va o’rash maqsadida chetdan sotib olish bilan bog’liq xarajatlar o’z aksini topadi. Bu guruhga yana kirim qilingan mahsulotlarning tabiiy kamayishi tufayli yo’qotishlar ham kiradi. «Mehnat haqi xarajatlari» moddasida korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari o’z aksini topadi. Bunga yana ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish natijalari uchun mukofatlar, kompensatsiya to’lovlari, yosh bolasi belgilangan yoshga yetgunga qadar tatil bo’lgan ayollarning konpensatsiyalari, shunigdek, asosiy faoliyatda band bo’lgan, lekin korxona shtatida bo’lmagan ishchilarning mehnat haqi xarajatlari ham kiradi. Ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar moddasida qonun bilan belgilangan ijtimoiy sug’urtaga, pensiya jamg’armasiga, davlat bandlik jamg’armasiga va tibbiy sug’urtaga majburiy ajratmalar o’z aksini topadi. Bular «mehnat haqi xarajatlari» moddasi bo’yicha mahsulot (ish xizmat) tannarxiga kiruvchi ishchilar mehnat haqi xarajatlariga kirmaydigan ajratmalardir. «Asosiy vositalar amortizatsiyasi»ga asosiy ishlab chiqarish vositalarini to’liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasi o’z aksini topadi, shuningdek, ularning aktiv qismining tezlashtirilgan amortizatsiyasi so’mmasi ham kiradi. «Boshqa xarajatlar» moddasiga soliqlar, yig’imlar va to’lovlar (sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha xarajatlar, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat) tannarxi tarkibiga kiruvchi boshqa xarajatlar) o’z aksini topadi. Operatsion xarajatlar bu korxona aktivlaridan vaqtinchalik foydalanganligi uchun to’lov bilan bog’liq xarajatlar; boshqa korxonalar ustav kapitaliga o’z xissasini qo’shishi bilan bog’liq xarajatlar; tovarlar va mahsulotlarni, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishi va boshqa aktivlarni sotilishi, va xisobdan chiqib ketishi bilan bog’liq xarajatlar; korxona tomonidan foydalanishga olingan pul mablag’lari fondlarini to’lash; kredit tashkilotlari qilgan xizmatlari uchun haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar; buxgalteriya hisobi qoidalariga asosan tuzilgan dargumon qarzlar bo’yicha rezerv (zaxira) va boshqalar. Sotish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar; shartnoma shartlarini buzganligi uchun jarimalar, penyalir; korxona tomonidan qo’rilgan zararlarni qoplami; hisobat yili tan olingan o’tgan yilgi zararlar; muddati o’tgan debitorlik qarzlari; kurs farqlari o’tkazib berilgan mablag’lar ( qo’yilmalar, to’lovlar) va boshqa ijtimoiy tadbirlar bog’liq xarajatlar. Buxgalteriya hisobi nizomida «Tashkilot xarajatlari» bu kundalik faoliyat turlari bo’yicha xarajatlardan farqli o’laroq ularni boshqa xarajatlar deb yuritiladi. Bunday boshqa xarajatlarga; operatsion xarajatlar, sotish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar, shuningdek, favquloddagi xarajatlar kiradi. Favqulotdagi xarajatlar buxgalteriya hisobi nizomiga asosan qo’yidagilarni aks ettiradi; xo’jalik faoliyatida yuzaga keladigan favqulodda holatlar oqibatlari (tabiiy ofatlar, yong’in, mulkni milliylashtirish va boshqalar). Fond bozorida qimmatli qog’ozlari muommalada bo’lgan qo’shma korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari yillik buxgalteriya hisobatlarini halqaro moliyaviy standartlar talablaridan kelib chiqib tuzishi va taqdim etishi kerak. Bu hisobatlarni moliyaviy hisobatlar halqaro standartlarini to’zuvchi qo’mitaga, investorlarga va boshqa qiziquvchi shaxslarga taqdim etilishi lozim. Xalqaro standartlarga asosan hamma xarajatlar to’rtta guruhga taqsimlangan: mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar; davr xarajatlariga kiruvchi xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar; favqulodda zararlar. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling