Moddiy ehtiyojlar va ularning kelib chiqish sabablari. Mehnat ehtiyojlari


Download 28.76 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1562486
  1   2
Bog'liq
Moddiy ehtiyojlar va ularning kelib chiqish sabablari



REJA:




  1. Moddiy ehtiyojlar va ularning kelib chiqish sabablari.

  2. Mehnat ehtiyojlari

  3. Iqtisodiy ehtiyojlar

  4. Ehtiyojlar va resurslar

Iqtisodiyotning bosh muammosi ehtiyojlarning cheksizligi, resurslarning cheklanlanganligidir. Kishilarning yashashi va inson sifatida kamol topishi uchun zarur bo’luvchi barcha narsalar ularning ehtiyojini tashkil etadi. Ehtiyojlar kishilarning tili, dini, millati, yoshi, urf-odatidan kelib chiqqan holda yuzaga keladi.


Ehtiyojlarning yuksalishi kishilarning ehtiyojlari miqdori o’sib boradi, sabab aholi sonining ko’payishi ayrim ehtiyojlarning yo’qolishi, ehtiyojlar yo’qolib o’rniga yangisi keladi. Ehtiyoj saqlangan holda aniq nisbati turlari o’rtasidagi o’zgarish.
O’rinbosar ehtiyojlar paydo bo’ladi bir tovarga bo’lgan ehtiyojni boshqasi to’ldiradi.
Masalan, shirinliklar.
Iqtisodiy resurslar bu iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo’lgan moddiy va inson ehtiyojlarining yig’indisidir.
Iqtisodiy resurslar 3 turga bo’linadi:

  1. Moddiy resurslar

  2. Mehnat resurslari

  3. Ishbilarmonlik qobilyati

Moddiy resurslarga tabiiy resurslar, tabiiy boyliklar, bino, mashina va boshqalar kiradi.
Mehnat resurslari bularga mehnatga layoqatli aholi kiradi. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida uning soni emas balki kasb,i bilimi, qobilyati, ish tajribasi ahamiyatga egadir.
Ishbilarmonlik qobilyati bu tadbirkorlarning ishning ko’zini bilishi, ishlab chiqarishi, bank, tavakkalchilik tijorat va boshqalar.
EHTIYOJLAR VA RESURSLAR

Atrofingizga bir nazar tashlang, bunda siz inson hayoti nimalardan iborat ekanligini bilib olasiz. Kishilarning mehnat qilishi, mehnatga haq olishi, har xil ehtiyojlarni qondirishi inson hayotining asosini tashkil qiladi.


Ehtiyojlar deb, kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisiga aytiladi.
Tabiiyki, har bir insondan hoxish, istak turlicha bo’ladi va shu tariqa ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi.
Inson jamiyatda yashar ekan, u albatta o’z hayoti davomida vujudga kelgan ehtiyojlarni ta’minlashga harakat qiladi. Lekin ehtoyojlarni birlamchi – qondirilishi juda zarur v ikkalamchi - qondirilishi unchalik shart bo’lmagan turlari mavjud.
Kishilarning kiyim – kechakka, oziq – ovqatga, uy joyga bo’lgan ehtiyoji birlamchi ehtiyoj turiga kiradi.
Ehtiyojning ikkilamchi turiga qimmatbaho taqinchoqlar taqih, katta bir shashar yoki kurortlarda dam olish, ikkita yoki undan ortiqroq avtomashinaning egasi bo’lish, dang’illama imorat qurish va hakozolar kiradi.
Biz ehtiyojlarni shakllariga qarab ham ajratamiz. Ma’lumki, kishilarning ovqat iste’mol qilishi, kiyim kiyishi kabi ehtiyojlaridan tashqari, bilim olish, o’rganish, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud.
Umuman oladigan bo’lsak, ehtiyojlarning turlari ko’p, ularni bir – biriga o’xshash tomonlarini e’tiborga olib, asosan uchta qismga bo’lamiz.
1. Moddiy ehtiyojlar insoniyat paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtoyojlar, kundalik birlamchi ehtiyojlar bo’lib, ular oziq – ovqat, kiyim kechak, uy – joy va boshqalardir.
2. Ma’naviy ehtiyojlar qismiga kiruvchi ehtiyojlar jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yuzaga keladi. Bunday ehtiyojlarga bilim olish, malaka oshirish, dam olish, davolanish va boshqa har xil xizmatlar kiradi.
3. Ijtimoiy ehtiyojlar asosan mehnat qilishga bo’lgan ehtiyojlar bo’lib, kishilarning maqsadli faoliyatini bildiradi.
Ehtiyojlarni qondirishning asosiy yo’li – ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni amalgam oshirish uchun esa har xil resurslar talab qiladi.
Resurslar har bir mamlakatda mavjud bo’lib, ularning ba’zilari oz, ba’zilari ko’p bo’lsada, umuman olganda cheklangandir.
Ularning tabiatda quyidagi asosiy ko’rinishlari mavjud^

Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling