Moddiy javobgarlik nima? Moddiy javobgarlik


Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to’lanadigan zarar miqdori


Download 20.79 Kb.
bet5/6
Sana11.02.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1188737
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODDIY JAVOBGARLIK nima

Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan to’lanadigan zarar miqdori
Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to’lanadigan zarar miqdori marhumning o’rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o’ziga va uning qaramog’ida bo’lgan, lekin zararni undirishga haqli bo’lmagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarning ulushini chegirib tashlagan holda belgilanadi. Zarar to’lovini olishga haqli bo’lgan shaxslarning har biriga tegishli bo’lgan zarar miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining mazkur shaxslarning hammasiga to’g’ri keladigan qismi ular soniga taqsimlanadi. Vafot etgan shaxsning qaramog’ida bo’lmagan, ammo zarar to’lovini olish huquqiga ega bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun zarar to’lovi miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

  • agar ta’minot mablag’i sud tartibida undirilgan bo’lsa, u holda zarar to’lovlari sud tomonidan tayinlangan summa miqdorida belgilanadi;

  • agar ta’minot mablag’i sud tartibida undirilmagan bo’lsa, u holda zarar to’lovlari ularning moddiy ahvoli hamda vafot etgan shaxsning hayotlik vaqtida ularga yordam ko’rsatish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi.

Agar vafot etgan shaxsning qaramog’ida bo’lgan shaxslar ham, uning qaramog’ida bo’lmagan shaxslar ham ayni bir vaqtda zarar to’lovini olishga haqli bo’lsalar, bunday holda zarar to’lovlari miqdori avvalo marhumning qaramog’ida bo’lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to’lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so’ngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda marhumning qaramog’ida bo’lgan shaxslar uchun qoplanadigan zarar miqdori belgilanadi.
Boquvchisini yo’qotganligi munosabati bilan zarar to’lovini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va boshqa daromadlar qoplanadigan zarar to’lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli bo’lgan zararni qoplash summasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizidan oz bo’lishi mumkin emas.

Ish beruvchiga to’lanishi lozim bo’lgan zarar


Xodim ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy zararni to’lashi shart. Bevosita etkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchining ortiqcha to’lovlar qilish zarurati tushuniladi. Xodim ish beruvchiga bevosita etkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga etkazilgan zararni to’lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo’ladi.



Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling