Qozonxona operatori navbatchilik vaqtida, xizmat ko`rsatilayotgan qozon va yordamchi uskunalarning sozligiga, armatura, nazorat-o`lchov asboblari va himoya klapanlarining sozligiga, gaz quvurlari va qozonxona binosining holatiga to`liq javobgarlikni oladi.
Qozon operatori qozon ish holatida quyidagilarga e’tibor berishga majbur:
-qozonxona va yordamchi uskunalarga;
-qozonga belgilangan ish rejimiga;
-qozonni suv bilan to`ldirish va suv tizimiga;
-qozonga kirish va qozondan chiqishdagi bosim va temperaturaga;
-navbatchilik vaqtida bir marta manometrlar va himoya klapanlarining sozligini tekshirish;
-sirkulyasiya va ta’minlash nasoslarining sozligini nazorat qilish
-gaz gorelkalarining toza va normal ishlashini;
-gorelkadagi gazning to`liq yonishini ta’minlash.
Qozonxona operatorining qozonni to`xtatishdagi majburiyatlari
Qozonxona operatori qozonni to`xtatishdan oldin ma’muriyatdan ruxsat olishi lozim. So`ngra qozondagi bosimni ushlab turgan holda, gorelkalardagi gaz zadvijkalari yopiladi. Qozon sovuganidan keyin sirkulyasiya nasoslari to`xtatiladi.
Q ozonxona operatorining qozon avariyaviy holatda to`xtagandagi majburiyatlari
Qozonxona operatori quyidagi hollarda qozonni avariyaviy to`xtatishga majbur:
-qozondagi suv bosimi keragidan ortiq pasayib ketganida va pasayishda davom etganida;
-qozondagi bosim va haroratning keskin ko`tarilganida;
-himoya klapanlari ishdan chiqqanida;
-manometrlar va boshqa nazorat-o`lchov asboblari ishdan chiqib, ularni almashtirish imkoni bo`lmagan taqdirda;
-ta’minlash nasoslarining barchasi ishdan chiqqanda;
-gorelkadagi gaz bosimining keragidan ortiq ko`tarilganda va pasayganida;
-qozon topkasi va gaz yo`lida kuchli portlashlar bo`lganida;
-qozon topkasida kuchli shovqin bo`lganida;
-tortish yo`qligida;
-qozonxona binosida gaz hidi paydo bo`lganida;
-qozon futerovkasi va issiqlik qobiqlari tushib ketganida;
-qozondagi suv sirkulyasiyasi to`xtaganida (elektr energiyasi o`chganida, sirkulyasiya nasoslari ishdan chiqqanda), bunda darhol reserkulyasiya tizimidagi zadvijkani ochish lozim;
-qozonxonada sodir bo`lganida, bunda qozonxona tashqarisida joylashgan gaz zadvijkasini yopib, yong`inni o`chirish choralarini ko`rish va tegishli joylarga zudlik bilan xabar berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |