Moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma Romitan tuman 2023-yil Bir tarafdan shartnomada «mablag’ oluvchi»


Download 77.5 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1189376
  1   2   3   4
Bog'liq
qozonxona Shartnoma


Moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma

Romitan tuman « » ________ 2023-yil


Bir tarafdan shartnomada «mablag’ oluvchi» deb ataluvchi Romitan tuman 21-son umumta’lim maktabi nomidan tashkilot raxbari Boltayev Shavkat Homitovich, bir tarafdan, Romitan tuman 21-son umumta’lim maktabi tashkilotining qozonxona moddiy javobgar shaxsi Davronov Madamin Mardon o`g`li ushbu shartnomani o’z xohishlari bilan imzolaydilar.


1.Shartnoma predmeti.
Shartnoma predmeti bo’lib tashkilotdagi issiqlik ta’minoti hamda uning tizimiga moddiy va huquqiy javobgarlik hisoblanadi .
2. Operatorning majburiyatlari.

Navbatchilikni qabul qilishda qozonxona operatorining majburiyatlari:


-qozonlarga xizmat ko`rsatish huquqini beruvchi guvohnomasining o`zida bo`lishi;
-qozonxona smena jurnalidagi yozuvlar bilan tanishib chiqish;
-tabiiy gaz, suv kommunikasion sxemalari bilan tanishib chiqish;
-mumkin bo`lgan joylarda qozon va issiqlik qoplamalarining holatini tekshirish;
-qisqa muddatga ishga tushurib ko`rish orqali nasoslarning soz holatini tekshirib ko`rish;
-manometrlarning holatini;
-ta’minlash tizimidagi ventillarning holatini tekshirish;
-qisqa muddatga ishga tushirib ko`rish orqali himoya klapanlarining sozligini tekshirish;
-gaz gorelkasi holatini tekshirish;
-xavfsizlik avtomatikalarining holatini tekshirish
-kuz-qish mavsumiga muassasa binosi isitish tizimini, quvurlarini ta'mirlab, tayyor holga keltirilishini ta'minlash; yakka tartibda isitiladigan ta'lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg'i materiallarini qabul qilish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta'minlash; yong'in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo'lishini ta’minlashsh;
-texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; foydalanish uchun o'ziga topshirilgan mebel, xonajihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o'zi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta'minlash.
Navbatchilikni qabul qilish chog`ida qozonxona operatori tomonidan qozonning normal va xavfsiz ishlashiga ta’sir qiladigan kamchiliklar aniqlanmasa, qozonxona smena jurnalida navbatchilikni qabul qilganlik haqida yozuvni qayd etib imzo qo`yadi. Agar qozonning normal va xavfsiz ishlashiga ta’sir qiladigan kamchiliklar aniqlangan taqdirda va bu kamchiliklar qozonxona operatori kuchi yordamida bartaraf etish imkoniyati bo`lmasa, bu haqda navbatchilikni qabul qilmay turib, darhol muassasa rahbariga xabar berishi lozim.
Elektr ta’minotida cheklov va uzilishlar sodir bo’lganda, zudlik bilan isitish tizimidagi suv nasoslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida elektrogeneratorlarni ishlatish va tizimni elektr toki bilan ta’minlash choralarini ko’rish.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling