Moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnoma Romitan tuman 2023-yil Bir tarafdan shartnomada «mablag’ oluvchi»


Qozonxona operatorining qozonga o`t yoqishga tayyorlashdagi majburiyatlari


Download 77.5 Kb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1189376
1   2   3   4
Bog'liq
qozonxona Shartnoma

Qozonxona operatorining qozonga o`t yoqishga tayyorlashdagi majburiyatlari
Qozonga o`t yoqishdan oldin qozonxona operatori quyidagilarni tekshirishi zarur:
«qozon ichi, gaz yo`lida jonli jismlar, asboblar va daxldor bo`lmagan buyumlarning yo`qligini;
-qozon va gaz yo`li, ochib-yopadigan va sozlaydigan qurilmalarning sozligini;
-nazorat-o`lchov asboblari va armaturalarning sozligini;
-tabiiy tortishning mavjudligi;
-himoya klapanlarining tiqinlarining yechilganligini;
-qozon topkasi portlovchi klpanlarining sozligini;
-gaz quvurlarida o`rnatilgan zadvijka va ventillarning sozligini.
Gaz quvurini tekshirishda ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Gaz quvurini shamollatish quvuri orqali shamollatib, gaz quvurida gaz-havo (portlovchi) aralashmasining bor-yo`qligini gazoanalizator yoki boshqa ishonchli yo`llar orqali tekshiriladi.
Gaz bosimining talabga javob berishini manometr orqali tekshiriladi, topkadagi razryajeniye 2-3 mm suv ustunini tashkil etishi uchun qozon tortishi sozlanadi, qozonni suv bilan to`ldirilishi tekshiriladi, sirkulyasiya va ta’minlash nasoslarini qisqa muddatga ishga tushirib ko`rish orqali sozligi tekshiriladi.
Qozonxona operatorining qozonga o`t yoqish vaqtidagi majburiyatlari

Qozonga o`t yoqish uchun ma’muriyatdan yozma ko`rsatma olinadi. Qozonxona binosini astoydil shamollatiladi. Qozon topkasi va gaz yo`li 10-15 daqiqa davomida shamollatiladi. Qozonga kirish va chiqish quvurlari zadvijkalari ochilib, undan so`ng tizim nasosi ishga tushiriladi. Shamollatish svechasidagi kran yopilib, undan so`ng o`t oldirgich krani ochiladi va undan chiqib turgan gaz yoqiladi. O`t oldirgichdagi olov o`chmaganligiga ishonch hosil qilib, gaz gorelkasi zadvijkasi sekinlik bilan ochiladi. Gaz gorelkasidan chiqayotgan gaz yonganligiga ishonch hosil qilinganidan keyin gaz va havo sarfi ko`tarilib, yonish alangasi sozlanadi.


Agar o`t oldirish chog`ida gaz gorelkasidagi olov o`chib qolsa yoki alanga uzilishi sodir bo`lsa, gaz uzatish to`xtatiladi, gaz zadvijkasi yopilib, yana qaytadan qozon topkasi va gaz yo`li shamollatiladi. Gorelkadagi olov o`chishi va alanga uzilishiga aniqlik kiritilganidan keyin, qozonga qayta o`t yoqishga kirishiladi.

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling