Moddiy nuqtalar tizimi. Inertsiya markazi
Download 0.73 Mb.
|
4-ma’ruza. Qattiq jism aylanma harakati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- r asm. Moddiy nuqta impuls momenti vektorining yo‘nalishi
10- rasm. 00¢ aylanish o‘qiga o‘rnatilgan qattiq jismga ixtiyoriy tashqi kuch ta’siri
Endi qattiq jismning biror 0 nuqtasiga nisbatan kuch vektori ning yoki impuls vektori ning momentini qarab chiqaylik (10-rasm). Bu nuqta bosh nuqta yoki qutb deb ataladi. Massa markazidan o‘tgan 0 o‘qqa mahkamlangan jismning, shu o‘qdan r masofaga joylashgan qandaydir A nuqtasiga istalgan yo‘nalishda kuch qo‘yamiz. – kuch vektori bilan ustma-ust tushgan chiziqqa kuchning ta’sir chizig‘ideb ataladi. Aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda yotuvchi kuchning tashkil etuvchisi jismning aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin. – tashkil etuvchisi esa, 0 o‘q bo‘ylab ilgarilanma harakatni vujudga keltiradi. Kuchning – tangentsial tashkil etuvchisi ta’sirida, mi massali A nuqta radiusli aylanani chizishi mumkin. kuchning aylantirish effekti 00¢ o‘q bilan kuchning ta’sir chizig‘i orasidagi masofa katta bo‘lishi bilan orta boradi. Radius vektor ning kuchga vektor ko‘paytmasi kuchning ixtiyoriy qo‘zg‘almas 0 o‘qqa nisbatan kuch momenti deb ataladi. , Kuch momentining moduli quyidagiga teng Uchta , , vektorlar o‘ng parma qoidasiga bo‘ysungani uchun kuch momentining yo‘nalishi 00¢ o‘q bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Massasi m ga teng bo‘lgan moddiy nuqta tezlik bilan harakatlanayotganda impulsga ega bo‘ladi. – radius - vektorning impulsga vektor ko‘paytmasi impuls momenti deb ataladi. – impuls momentining vektori yo‘nalishi parma qoidasi asosida aniqlanadi (11-rasm). - radius - vektor va - impuls vektori yotgan tekislikka perpendikulyar 11- rasm. Moddiy nuqta impuls momenti vektorining yo‘nalishi - radius - vektor va - impuls vektori yotgan tekislikka perpendikulyar ravishda 0 nuqtaga joylashtirilgan parma dastasining aylanma harakat yo‘nalishi impuls yo‘nalishi bilan mos tushganda, parmaning ilgarilanma harakat yo‘nalishi impuls momenti ning yo‘nalishini ko‘rsatadi: Impuls momentining moduli quyidagiga tengdir: Moddiy nuqta impuls momenti o‘zgarish qonunini impuls momentining vaqt bo‘yicha hosilasi orqali topamiz va vektorlar parallel, kolleniar vektorlarning ko‘paytmasi bo‘lgani uchun ga teng bo‘ladi, u holda ya’ni Moddiy nuqta impulsining biror nuqtaga nisbatan o‘zgarishi, shu moddiy nuqtaga ta’sir qiluvchi kuch momentiga tengdir. Agar bo‘lsa, impuls momentining saqlanish qonunini ifodasiga ega bo‘lamiz. , Ixtiyoriy o‘q atrofida aylanma harakat qilayotgan moddiy nuqtaga tashqi kuch momenti ta’sir etmasa, u o‘zining impuls momentini miqdor va yo‘nalishi jihatdan o‘zgarmas holda saqlaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling