Moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Termiz davlat universiteti Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish Kengashi komissiyasi yigʻilishi
Download 79.5 Kb.
|
Turkmaniston Olimpiada Matematika (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ragʻbatlantirish Kengashi kotibi
- Kun tartibi: Talaba-yoshlarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (R.Toʻrayev O.Shofiyev, Oʻ.Xoliyorov, B.Aminov va boshqa komissiya aʼzolari)
- QAROR QILADI
- Yigʻilish raisi R.Toʻrayev Kotib I.Tolipov
Termiz davlat universiteti Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish
Kengashi komissiyasi yigʻilishi 18-son bayonnomasi 2022-yil 17-oktabr Termiz shahri Ragʻbatlantirish Kengashi raisi –R.Toʻrayev, komissiya raisi. Ragʻbatlantirish Kengashi raisining oʻrinbosari Oʻ.Xoliyorov - Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor. Ragʻbatlantirish Kengashi kotibi – I.Tolipov– Universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Ragʻbatlantirish Kengashi aʼzolari – O.Abdugʻaniyev– Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, B.Aminov– bosh hisobchi, N.Xursandov- reja-moliya boʻlimi boshligʻi, S.Nishonov- universitet kasaba uyushmasi raisi, M.Poʻlatov-yuristkonsult, D.Xamzayeva - Turizm va mehmonxona xoʻjaligi kafedrasi oʻqituvchisi, universitet xotin qizlar qoʻmitasi raisasi, B.Toshqobilov- Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi. Kun tartibi: Talaba-yoshlarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (R.Toʻrayev O.Shofiyev, Oʻ.Xoliyorov, B.Aminov va boshqa komissiya aʼzolari) Oʻtkazilgan yigʻilishda R.Toʻrayev soʻz olib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi “Oliy taʻlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida”gi 167-sonli va Viloyat xokimining 2022-yil 11-avgustdagi 07-01/215-sonli bayonnomasiga asosan 2022-yil 3-7-oktyabr kunlari “Universiada-2022” sport musobaqalari doirasida sportning “Gandbol”, “Basketbol”, “Futbol”, hamda “Voleybol” turlari boʻyicha oʻgʻil va qizlar oʻrtasida Surxondaryo viloyatidagi oliy taʻlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan saralash musobaqalarida faol qatnashib Respublika bosqichini qoʻlga kiritgan sportchi talabalarimizga moddiy ragʻbatlantirish berishni taklif qildi. Taklif etilayotgan masala boʻyicha komissiya aʼzolaridan ushbu masala yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar berishi soʻraldi. Mazkur masala yuzasidan komissiya aʼzolaridan B.Toshqobilov, soʻzga chiqib, 3-7-oktyabr kunlari “Universiada-2022” sport musobaqalari doirasida sportning “Gandbol”, “Basketbol”, “Futbol”, hamda “Voleybol” turlari boʻyicha oʻgʻil va qizlar oʻrtasida Surxondaryo viloyatidagi oliy taʻlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan saralash musobaqalarida faol qatnashib Respublika bosqichini qoʻlga kiritgan sportchi talabalarimizni ilovaga muvofiq moddiy qoʻllab-quvatlash maqsadida moddiy ragʻbatlantirish berilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi. Mazkur masala yuzasidan Kengash aʼzosi N.Xursandov soʻzga chiqib, ushbu sportchi talabalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida talabalarni stipendiya olish manbasidagi “Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan 1-ilovaga muvofiq moddiy ragʻbatlantirishni taklif qildi. Mazkur taklifni yigʻilish qatnashchilari bir ovozdan qoʻllab quvatlashdi. Ragʻbatlantirish Kengashi yigʻilishi yuqoridagilarga asoslanib, QAROR QILADI: Sport faoliyati va boshqaruvi fakultet dekani Ya.Daniyevaning 2022-yil 8-oktabrdagi 10/01-13-1463-son bildirishi maʻlumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu sportchi talabalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan ilovaga muvofiq moddiy ragʻbatlantirilsin. Asos: Sport faoliyati va boshqaruvi fakultet dekani Y.Daniyevaning 2022-yil 8-oktabrdagi 10/01-13-1463-son bildirishi. Yigʻilish raisi R.Toʻrayev Kotib I.Tolipov Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling