Moddiy xarajatlarni hisobga olish
Ish haqining berilish tartibi
Download 18.45 Kb.
|
Buxgalteriya SMMT-86
Ish haqining berilish tartibi
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qo’llaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi holda korxona rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi bo’yicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi hisoblaydi. Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so’ng, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bo’lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo’lib hisoblanadi: - ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani va shu kabilar uchun to’lanadigan haq); - ish haqini yig’ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun; - barcha turdagi qo’shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani bo’yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti; - o’tgan oy bo’yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun; - ijro varaqalari bo’yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; - oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo’yicha to’lov qaydnomaslari; - rejasiz avanslar berish bo’yicha kassa-chiqim orderlari va h. k. Download 18.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling