Model-intensiv yechim


Ayirmani topishga doir masalalar


Download 36.46 Kb.
bet2/3
Sana23.10.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1716730
1   2   3
Bog'liq
Qobilova Madina Sobir qizi

Ayirmani topishga doir masalalar.
Anvarning 7 ta Boburning esa 2 ta daftari bor edi. Anvarning daftari Boburning daftaridan nechta ko’p?
Bundan ko’rinadiki, bitta modeldan ikki xil yechiladigan masala tuza oldik. Bu bitta o’quvchi tuza olishi kerak bo’lgan masala hisoblanadi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, modellashtirish asosidagi masala ham shuncha bo’ladi. O’quvchilarga masala yechishdan avval, ularga masala tuzishni o’rgatsak, masalalar murakkablashsa ham ularga masalalarni yechish muammo tug’dirmaydi. Bu orqali o’quvchilarda bog’lanishli nutq rivojlanadi, dunyoqarashi kengayadi, matematikaga bo’lgan qiziqishi yanada ortadi.
Endi esa bitta masaladan bir qancha masala tuzish va yechishga o’rgatamiz.
Masala.
Ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo‘lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdilar. Birinchi poyezdning tezligi 50 km/soat, ikkinchisiniki 70 km/soat. Ikki shahar orasidagi masofani toping.
Masalaning savolini o’zgartirish orqali boshqa amal bilan yechiladigan masala tuzamiz.

  1. Birinchi poyezd ikkinchi poyezdga nisbatan qancha kam masofa bosib o’tgan?

  2. Ikkinchi poyezd birinchi poyezdga nisbatan qancha ko’p masofa bosib o’tgan?

  3. Birinchi poyezdning tezligi ikkinchi poyezdning tezligidan necha marta kam?

  4. Ikkinchi poyezdning tezligi birinchi poyezdning tezligidan necha marta ko’p?

  5. Birinchi poyezd jami yo’lning qancha qismini bosib o’tgan?

  6. Ikkinchi poyezd jami yo’lning qancha qismini bosib o’tgan?

  7. Birinchi poyezd jami yo’lning qancha % ini bosib o’tgan?

  8. Ikkinchi poyezd jami yo’lning qancha % ini bosib o’tgan?

  9. Birinchi poyezd yurgan masofasi ikkinchi poyezd yurgan masofaning necha % ini tashkil etadi?

  10. Ikkala poyezdning o’rtacha tezligini toping?

  11. Ikkala poyezd o’rtacha qancha masofa bosib o’tgan?

  12. Birinchi poyezdning tezligi o’rtacha tezlikdan qanchaga kam?

  13. Ikkinchi poyezdning tezligi o’rtacha tezlikdan qanchaga kam?

  14. Birinchi poyezd jami yo’lni qancha vaqtda bosib o’tar edi?

  15. Ikkinchi poyezd jami yo’lni qancha vaqtda bosib o’tar edi?

  16. Ikkala poyezdning o’rtacha tezligi bilan boshqa poyezd ushbu masofani qancha vaqtda bosib o’tadi?

  17. Qaysi poyezd ushbu masofani tezroq bosib o’tadi?

  18. Jami yo’lni ikkala poyezd bir xil masofa bosib o’tish uchun necha soatdan yurishi kerak?

  19. Agar ular bir xil yo’nalishda harakatlansa, ushbu vaqtda ular orasidagi masofa qancha bo’lar edi?

  20. Birinchi poyezd jami yo’lni bosib o’tgan vaqtidan, ikkinchi poyezd jami yo’lni bosib o’tgan vaqtidan qancha ko’p?

Masala tuzish shu zaylda davom etadi.

Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling