Model tanlash va asoslash Material tanlash va asoslash
Download 1.01 Mb.
|
Ipak tolali gazlamalardan ayollar kòyagini ishlab chiqarish jarayonlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchi talablariga
- Sanoat-iqtisodiy talablar
- Buyum detallariga konstruktiv ta`rif
Garderob-deganda, bir qishiga yoki bir oilaga tegishli jami kiyim-kechak tushuniladi. Kiyimning yangi formasini yeng avvalo uning bichimi (siluet) belgilaydi.
Sanoat sharoitida kiyim loyihalashda unga qo'yiladigan muayyan talablalar hisobga olinadi. Bu talablar ikki guruxga birlashtirilgan: iste’molchi-talablari va sanoat iqtisodiy jixatdan talablar. Iste’molchi talablariga funktsional, estetik, konstruktiv-ergonomik va boshqa ko'rsatkichlar kiradi. F u n k ts i o n a l talablar kiyimni vazifasiga va kiyib yuboriladigan sharoitga mosligi va qulayligini, shaklini saklanishi va x.k. bildiradi. E s t e t i k ko'rsatkichlar sanoat rivojlanishining hozirgi bosqichida kiyimning yuksak badiiy darajsi, uning sifati etakchi mezonligini e’tiborga olib uning shaklining yaqqol ko'zga tashlanish, uning gazlama bilan bog’liqligi va tanlangan ranglari va x.k. nuqtai nazaridan moda talablariga muvofiqlik darajasini aniqlaydi. K o n s t r u k t i v n o – e r g o n o m i k ko'rsatkichlar kiyim odam qomatiga va uni kiyish sharoitiga, statika va dinamikada uning ayrim (antrometrik) xarakteristikalariga, psixo-fiziologik o’ziga xos xususiyatlariga mosligini hamda gigienik va x.k darajasini aniqlaydi. Sanoat-iqtisodiy talablar standartlashtirish, ishlov berishga kulaylik va tejamkorlikni o'z ichiga oladi. Standartlashtirish-standartlarni ishlab chiqish va ularni qo'llash jarayoni. Kiyimlarining shakllari, bichimlari va ayrim konstruktiv o’zel va detallari xilma-xil bo'lgani uchun sanoatda standartlashtirish o'z ifodasini to’pizatsiya va unifikatsiyada topgan. Ishlov berishga qulay bo’lgan konstruktiv shakli sodda, ishlov berishda kam mexnat talab qiladigan,zamonaviy texnologik jarayonlar qo’llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo'lishi kerak. Buyum detallariga konstruktiv ta`rif Ishning birinchi qismida moda jurnallaridan har bir talaba tashqi ko’rinishi, bichimi, shakli va konstruksiyasi bilan farqlanuvchi modellar (4-5 ta) tanlaydi. So’ng tanlangan model eskizlari silueti, konstruksiya va kompozitsiya chiziqlari aniq ifodalangan holda chiziladi. Model tashqi shakli va konstruktsiyasini o’rganish uchun tanlangan modellar bichimi turlicha bo’lishi maqsadga muvofiq. Tanlangan modellarning old-ort ko’rinishi rangli eskizi chiziladi. Modellar tashqi ko’rinishiga tavsif beriladi. Model tashqi ko’rinishiga tavsif berishda talaba texnik tilda ravon va aniq holda konstruktsiya uchastkalarini tavsiflab berishi kerak. Tavsifni tuzishda avval kiyim turi, uning vazifasi, ishlatiladigan material turi, bichimi, taqilmasi haqida ma'lumot beriladi. So’ng old, ort bo’lak, yeng, yoqa, astarga tavsif berilib, tavsif oxirida taqilmani bezash turi, latskan va x.k.lar hamda tavsiya etiladigan o’lcham va bo’ylar ko’rsatiladi. Ishning uchinchi qismida tanlangan modellarning konstruktsiyasiga oid detallar eskizi beriladi. Detallar eskizini chizganda, qirqimlar konfiguratsiyasi to’g`ri va o’zaro mutanosib (proportsional) bo’lishiga e'tibor berish lozim. Qirqimlar raqamlanib, nomlanishi jadvalga yoziladi. Detallar eskizida nazorat kertiklar, tanda ipi yo’nalishi va detal kodi ko’rsatiladi. Detal konstruktsiyasi eskizlarini chizishda turli plakat va kiyim konstruktsiya chizmalaridan foydalaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling