Model tanlash va asoslash Material tanlash va asoslash


Model tanlash va asoslash


Download 1.01 Mb.
bet2/11
Sana09.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1345815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ipak tolali gazlamalardan ayollar kòyagini ishlab chiqarish jarayonlarini

Model tanlash va asoslash
Modellar asosan hozirgi kunda tikilayotgan yoki ishlab chiqarishda tushurishga mo’ljallanganlardan tanlab olinadi va bunda moda yo’nalishi, maqsadga muvofiqligi, texnologiyabopligi va iqtisodiyligi ko’zda tutiladi.
Modelni texnologiyabopligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Model texnologiyabop deganda, buyum konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga mos keladigan, ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori mexnat unumiga imkon beradigan, kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularni yig’ishning eng murakkab usullarida foydalanish imkoniyatini beradigan deb tushuniladi.
Ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlar uchun tanlangan modellar sermexnatligi bir-biriga taqqoslash yo’li bilan asoslanadi. Katta quvvatli ko’p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda tikiladigan modellarni sermexnatligi bir-biridan 15% dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Tikuv buyumlarini ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichi
1-boqich. Dastlabki ma'lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.
- model tanlash va asoslash;
- tanlangan buyum modeliga gazlama tanlash va asoslash;
- tanlangan buyumni tikish uchun asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash;
- tikish usuli asosida buyum tikish texnologik tartibini tuzish;
- tanlangan buyum modelini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish oqimini tanlash
2-bosqich. Tikuv sexini loyihalash uchun texnologik hisoblash ishlarini bajarish:
- ishlab chiqarish oqimini parametrlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish;
- texnologik sxemani tahlil qilish;
- ishlab chiqarish oqimini texnik iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish oqimida ish o'rinlarini joylashtirish va sex planini tuzish;
- tikuv sexida qo'shimcha assortimentni ishlab chiqarishni hisoblash.

Kiyimga qo`yiladigan talablar.
Zamonaviy kiyim uning vazifasini aniqlaydigan himoyaviy funksiya asosida tasniflanadi. Vazifasi bo'yicha kiyim uch xil sinfga bo'linadi: 7 — maishiy; 2 — sport kiyimi; 3 — ishlab chiqarishga oid kiyimlar.
Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlardan himoya qilishdir. Sport kiyimi sportchi tanasini turli shikastlardan himoya qilishi ham da yuksak sport yutuqlariga erishmoqni ta’minlashi kerak; ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab chiqarish ta’sirlaridan muhofaza qilishi kerak. Har bir sinfga oid kiyimlar vazifasiga ko‘ra kichik sinflarga, xillarga, guruhlarga va kichik guruhlarga bo'linadi.
Zamonaviy kostyum ko`p funksiyalidir. Kiyim funksiyalari ikki asosiy guruhlarga ajratiladi: utilitar va axborot – estetik.
Utilitar funksiya himoyaviy va fiologik – gigienik funksiyalariga bo`linadi. Axborot – estetik funksiyalar axborot va estetik finksiyalarga bo`linadi. Har bir funksiya keyingi pog`onada yana kengroq aniqlanadi.
Estetik funksiyalar kiyimning kishi obraziga mosligi, kiyim kompozisiyasining mukammalligi va tayyorlashga oid sifatning darajasi hamda xaridorligi to`g`risida dalolat beradi. Kiyim funksiyasiga mosligi uning amaliy vazifasiga muvofiqligi va konstruktiv jihatddan mukammalligini bildiradi.
Vazifasi bo`yicha kiyim uch xil sinfga bo`linadi. 1 – maishiy; 2-sport kiyimi; 3- ishlab chiqarishga oid kiyimlar.
Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyafzal va boshqa qo’shimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalklari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy q ilishini, milliy kiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, qishi xarakterlaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling