Model tanlash va asoslash Material tanlash va asoslash


-jadval (Kiyim nomi)_________________ andaza detallari eskizi


Download 1.01 Mb.
bet4/11
Sana09.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1345815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ipak tolali gazlamalardan ayollar kòyagini ishlab chiqarish jarayonlarini

1.1.-jadval
(Kiyim nomi)_________________ andaza detallari eskizi.



Andaza detallari va qirqimlar nomi

Detal eskizi



Detallar soni

andazada

bichiqda

1.

Ort bo’lak
1-2 Yoqa o’mizi
2-3 Yelka qirqimi
3-4 Yeng o’mizi
4-5 Yon qirqim
5-6 Etak qiqim
6-1 O’rta qirqim



1

1















Ishni bajarishga qo’yiladigan talablar
Talabalar laboratoriya mashg’ulotini ishning tartibiga mos holda bajaradilar.
Laboratoriya ishiga quyidagilar ilova qilinadi:
a) Modellar old – ort ko’rinishining rangli eskizi (A4 formatli qog’ozda) va ularni tavsifi.
b) 1.1.-jadval

Material tanlash va asoslash
Buyum modelini va gazlamani tanlash
Model konstruktsiyassi moddiy jihatdan va mehnatni sarflanishi tomonidan tejamli va qulay konstruktsiyali bo'lishi talab qilinadi. Modellar mahsulot sifati darajasini ta’minlab beruvchi, o'rtachadan yuqori murakkab ishlov beradigan kо'rsatkichlarga javob berishi kerak.
Ishlab chiqarish oqimida yuqori unumdorli mashinalarni qo`llash tavsiya etiladi, bu esa ishlab chiqarish oqimini quvvatini oshishiga olib keladi va bu o'z navbatida ishlab chiqariladigan modellar sonini kо'paytirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish oqimiga yangi modellami tushirish vaqtida ish unumdorligi bir necha marotaba pasayadi. Buni oldini olish maqsadida bitta ishlab chiqarish oqimida tikiladigan modellami tanlashda ularni konstruktiv va texnologik jihatdan o'xshashligi e’tiborga olinadi. Ko'p fasonli oqimlarda tikuv buyumlar ikkita-uchta modeldan iborat guruhlarga bo'linib tikishga tushiriladi.
Modellami tanlashda har bir gurahning murakkabligi va mehnat sarflashi har xil bo`lgan modellardan iborat qilib komplektlanadi, lekin bu guruhlaming har qaysisiga sarflanadigan vaqt bir-biridan 10 dan ortiq farq qilmasligi kerak. Bir vaqtning o'zida bitta ishlab chiqarish oqimida tikishga mo'ljallangan modellarning tikish usullari o'xshash, ishlatiladigan mashina va moslamalar bir turli ekanligiga asoslanib tanlanadi. Bitta oqimda tikiladigan modellar konstruktiv va texnologik jihatdan o`xshash bo'lishi kerak deyiladi, ammo konstruktiv jihatdan o`xshash bo'lgan modellar texnologik jihatdan o'xshash bo'lmasligi mumkin, ya'ni modellami konstruktiv va texnologik jihatlari bir biri bilan bog’liq emas. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish oqimlar uchun modellami tanlashda asosiy mezon qilib texnologik o'xshashlik olinadi.
O'xshashlik koeffisiyentini natijalari bo'yicha modellami o'xshashlik koeffisiyentining matritsasi tuziladi. Matritsa asosida modellar ishlab chiqarishoqimiga eng kam o'zgarish kiritish bilan tushiriladi. Modellami ishlab chiqarish oqimiga maqbul variant! ketma ketligida tushirish natijasida yangi modellami o'zlashtirish muddati qisharadi, assortimentni kengaytirish imkoniyati oshadi.
Tanlab olingan modellarga binoan hamma kerakli materiallar, ya’ni avra, astar, qo’shimcha materiallar, ip, furnitura tanlanadi va asoslanadi.
Tanlangan materiallarning tashqi ko’rinishi, xususiyatlari va o’lcham tafsilotlari buyumning turiga, kimga mo’ljanlanligi mos kelishi kerak.
Materialning texnologik xususiyatlariga ko’ra, bir xil usulda tikilishi, yoki jixozlarning bir qismini qayta sozlashga hojat qolmasligi kerak. Tanlangan materiallarni bahosi arzon, tejamli bo’lishi lozim. Astarlik, qotirma va furnitura ham tikiladigan materiallarning bahosi va uning ko’rinishiga qarab tanlanadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling