Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari va xossalari. Reja
Statsion va nostatsion modellar
Download 29.47 Kb.
|
KOMP MODEL Zarina
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mujassamlashgan parametrli modellar.
- Taqsimlangan parametrli modellar.
- Statik modellar.
Statsion va nostatsion modellar
Jarayonning aniq amalga oshirish va uning apparaturali rasmiylashtirilishga bog‘liqligidan kimyo-texnologik jarayonlarning barcha xilma-xilligini vaqtli va fazoviy alomatlaridan kelib chiqib to‘rt sinfga bo‘lish mumkin: 1) vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan (nostatsionar) jarayonlar; 2) vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan (statsionar) jarayonlar; 3) fazoda parametrlari o‘zgaradigan jarayonlar; 4) fazoda parametrlari o‘zgarmaydigan jarayonlar. Matematik modellar muvofiq ob’ektlarini aks ettiruvchi bo‘lgani uchun, ular uchun shu sinflar xarakterlidir, chunonchi: 1) statik modellar – vaqt bo‘yicha o‘zgarmas modellar; 2) dinamik modellar – vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar; 3) jamlangan parametrli modellar – fazoda o‘zgarmas modellar; 4) taqsimlangan parametrli modellar - fazoda o‘zgaruvchi modellar. Mujassamlashgan parametrli modellar. Modellarning berilgan sinflari uchun o‘zgaruvchanlarning fazodagi turg‘unligi xarakterlidir. Nostatsionar jarayonlar uchun algebraik tenglamalar yoki birinchi tartibli differensial tenglamalarni matematik tavsif o‘z ichiga oladi. Modellarning berilgan sinfi bilan tavsiflanadigan ob’ekti misolida oqimning ideal (to‘liq) aralashtirish apparati xizmat qilishi mumkin. Taqsimlangan parametrli modellar. Agar jarayonning asosiy o‘zgaruvchilari nafaqat vaqtda, balki fazoda ham o‘zgarsa, yoki agar ko‘rsatilgan o‘zgarishlar faqat fazoda bo‘lib o‘tsa, unda bunday jarayonlarni tavsiflaydigan modellar taqsimlangan parametrli modellar deb ataladi. Ularning matematik tavsifi odatda xususiy hosilali differensial tenglamalarni, yoki statsionar jarayonlarning bitta fazoviy o‘zgaruvchili oddiy differensial tenglamalarni o‘z ichiga oladi. Bunday modellar bilan tavsiflanadigan jarayonning misoli bo‘lib diametriga nisbatan uzunligining katta va reagentlarning harakat tezligi katta bo‘lgan quvurli apparat xizmat qiladi. Statik modellar. Statik modellar ob’ektning ishlashini statsionar, ya’ni vaqt bo‘yicha jarayonning parametrlari o‘zgarmaydigan sharoitlarda aks ettiradi. Shunga muvofiq static modellarda matematik tavsif vaqtni o‘zgaruvchi sifatida o‘zichiga olmaydi va taqsimlangan parametrli ob’ektlar holida algebraic yoki differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. Download 29.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling