Modernization of Higher Education in
Central Asia through New
Technologies (HiEdTec)
14-rasm. Kompyuter ilovalari
Kompyuter
ilovalariga misol qilib Office, Excel, Word, PowerPoint,
Outlook
va boshqalarini olish mumkin, 14-rasm. Internet ilovalariga esa Gmail,
Google Docs, Youtube va boshqalari hamda (13-rasm)
mobil ilovalarini keltirish
mumkin, 15-rasmda keltirilgan.
15-rasm. Mobil ilovalar
Umumiy holatda internetga ulanish jarayoni klient-server modeli
ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda klient (foydalanuvchi) internet tarmoqlarida
mavjud bo’lgan ma’lumotlardan foydalanish uchun server qurilmasi so’rov jo’natadi
(ya’ni tsue.uz saytidan foydalanish uchun sayt nomini yozib “Enter”
tugmasini
bosish orqali so’rov jo’natiladi).
Xulosa
Uzoq yillar davomida kompyuter qurilmalarni rivojlanishi va global
miqyosida keng foydalanish imkoniyati taqdim etilishi
hamda har bir kundalik
faoliyatni kompyuter qurilmalari bilan bog’lanib borishi natijasida, kompyuter va
uning taqdim etayotgan xizmatlari insonlarning hayotini ajralmas bir qismiga
aylandi.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New
Technologies (HiEdTec)
XXI asrga kelib kompyuter foydalanuvchilari
sonining ortib borishi
natijasida kompyuter texnologiyalarining turli ko’rinishlari ishlab chiqildi va
mavjudlari yanada takomillashtirildi. Kompyuterning 5 avlodi ham ishlab chiqildi,
taqdim etilayotgan xizmatlarning soni keskin ortib ketdi. Kompyuter qurilmalarini
taraqqiy etishi har bir iqtisodiy soxani raqamlashtirish
va global tarmoq bilan
bog’lash imkoniyatlari yaxshilandi. Hozirgi kunga kelib kompyuter qurilmasi va
internet xizmatiga ega bo’lgan har bir foydalanuvchi
uydan turib ishlashi, ta’lim
olishi, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishi, hamkorlik qilish va boshqa ko’plab
imkoniyatlarga ega bo’lmoqda.