Modernization of Higher Education in
Central Asia through New
Technologies (HiEdTec)
1999
Uzatish tezligi 25 Mbit/s bo’lgan 802.11a standarti va uzatish tezligi 11 Mbit/s
bo’lgan 802.11b standartlari ishlab chiqildi.
1999
802.11b bilan foydalanish uchun WEP shifrlash protokoli taqdim etilgan.
2000
Mashhur qidiruv tizimiga Google kompaniyasiga asos solindi.
2000
ADSL texnologiyasidan birinchi marta foydalanish boshlandi.
2003
20 Mbit/s gacha uzatish tezligini ta'minlaydigan 802.11g qurilmalari ommaga
taqdim etildi va shu texnologiya uchun WPA shifrlash protokoli ishlab chiqildi.
2005
Amazon veb-xizmatlari tomonida bulutli saqlash xizmati taqdim etildi.
2008
IoT birinchi marta xalqaro konferensiyaga tanishtirildi.
2011
Optik texnologiyalarga asoslangan keng polosali tarmoqlardan foydalanish
boshlandi.
2014
802.11ac standarti tanishtirildi va uzatish tezligi 2Gbit/s ga etdi.
2017
Sun’iy ong, edge computing, chip qurilmalar va sensorlardan keng foydalanish
boshlandi.
2019
5G, IoT, SoC, bulutli hisoblash, gologramma, tarmoqlarning konvergensiyasi va
boshqa ko’plab yangi avlod tarmoq qurilmalari, ilovalari, texnologiyalari,
terminallarini rivojlantirish jarayoniga keng start berildi.
Tarmoq texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari
Kompyuter tarmog’i deb - ma’lumotlar va resurslarni o’zaro almashish yoki
o’zaro foydalanish maqsadida Ethernet (kabelli/simli) yoki WiFi (simsiz)
texnologiyalari orqali ikki yoki undan ortiq kompyuterlarning o’zaro
integrasiyalanishiga aytiladi.
Kompyuter texnologiyasi - kompyuter texnikasi, kompyuter tomonidan
boshqariladigan qurilmalardan va operatsion tizimlar, ishlab chiqish vositalari,
ekspert tizimlari hamda o'quv texnologiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun
ishlatiladigan o'quv dasturlaridan iborat bo’lgan dasturlardan tashkil topadi.
Kompyuter tarmog’i faqat bir xil bo’lgan standart texnologiya yoki aralash
texnologiyalar asosida tashkil etilishi mumkin. Faqat bir xil standart asosida tashkil
etilgan kompyuter tarmoqlariga misol qilib Wi-Fi yoki Ethernet texnologiyasini
Do'stlaringiz bilan baham: |