Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

15-modda. Yong‘inlarni o‘chirish 
Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini 
asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy 
muhitni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etish 
harakatlaridan iboratdir. 
Yong‘indan 
saqlash 
xizmati 
bo‘linmalari 
tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil 
etish
http://lex.uz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=1654571 
- 1654653
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati 
belgilaydi. 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv 
organlari va bo‘linmalarining yong‘indan saqlash 


xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar
avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan 
yong‘inlarning 
o‘chirilishini 
tashkil 
etishni 
ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan 
tartibga solinadi. 
Davlat 
yong‘in 
xavfsizligi 
xizmati 
bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda 
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish 
tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash 
xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb 
qilishning 
mintaqalararo 
hamda 
mahalliy 
darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish 
uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona 
raqam — 01 o‘rnatiladi. 
Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni 
olgach, 
Davlat 
yong‘in 
xavfsizligi 
xizmati 


bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi 
shart. 
Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida 
yong‘in kuchayishining (tarqalishining) hamda 
yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va 
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy 
muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini 
olish uchun: 
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) 
va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga 
doir; 
yong‘inlarning 
kuchayishiga 
(tarqalishiga) 
to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni 
ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; 
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, 
transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong‘inni 
o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan 
keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi 
sharti bilan foydalanishga doir; 


tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat 
tartibini ta’minlash, yong‘inlar o‘chirilayotgan 
joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib 
chiqish 
va 
kuchayish 
(tarqalish) 
sabablarini, 
sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini 
tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in 
kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga 
oshirishga doir harakatlar bajariladi. 
Yong‘indan 
saqlash 
xizmati 
bo‘linmalari 
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning 
kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) 
oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga 
oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy 
va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul 
ta’minlanadi. 
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan 
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi 
va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa 
ishtirokchilar etkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan 
ozod qilinadi. 



Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling