Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

 
Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb 
kasalliklari xaqida tushuncha 
Aloqa korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat 
sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, 
me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik 
ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb 
kasalliklariga olib kelishi mumkin. 
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi 
mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri 
natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. 
Jarog‘atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, 
suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan 
kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish 
va 
elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi 
qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. 
Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam 
yuritiladi. 


Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, 
ishlab 
chikarishda, 
ish 
joyida 
jarohatlanish, 
ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi, 
ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jaroxatlanish. 
Ishlab 
chiqarishda, 
ish 
joylarida 
olingan 
jaroxatlanishga, 
ishchi ma’muriyat tomonidan 
buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, 
zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki 
ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish 
vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish 
vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida 
yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq 
ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir 
ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan 
iborat. 
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish 
natijasida 
olingan 
jarohatlar, 
davlat 
mulkini 


o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi 
jarohatlanishlar kiradi. 
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, 
sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har 
qanday baxtsiz hodisaga javobgar xisoblanadi. 
Ma’muriyat birinchi va ikki turdagi baxtsiz xodisa, 
ya’ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan 
taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga 
uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan 
kunlari uchun to‘liq xaq to‘lanadi. 
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan 
xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yul qo‘yilgan 
xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni 
muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal 
qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi 
ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar 
hisoblanadi. 
Bunda 
moddiy 
to‘lov 
mikdori 
ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik 
darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga 
asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq, bo‘lgan 


jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona 
tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan. 
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi 
natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan 
zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish 
yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy 
zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish 
yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi 
natijasida kelib chiqishi mumkin. 
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz 
bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq 
muddat 
davomida 
zaxarli moddalar yig‘ilishi
natijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi. 
Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi. 
Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida 
ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar 
kiradi. Masalan, xavo bosimining ortiq yoki kam 
bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib 
chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, 


yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit 
va yara kasalliklari kelib chiqadi. 
Sanoat 
korxonalarida 
ishlab 
chiqarish 
jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib 
bo‘lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz 
berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan 
tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak. 
Shuning 
uchun 
xam 
ishlab 
chiqarish 
korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa 
xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. 
Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan 
qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l 
qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini 
hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish 
sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va 
kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling