Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2009 y., 40-son, 432-modda) 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 
iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2009 yil 28 
avgustda ma’qullangan. 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi yong‘in xavfsizligi 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari 
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yong‘in 
xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 


tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar 
qo‘llaniladi: 
yong‘in — odamlarning hayoti va (yoki) 
sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar 
etkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish; 
yong‘in nazorati — yong‘in xavfsizligi 
talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv 
natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat; 
yong‘inlar profilaktikasi — yong‘inlar kelib 
chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning 
oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish 
chora-tadbirlari majmui; 
yong‘indan saqlash xizmati — odamlarning 
hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning 
mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan 


himoya qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi 
punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in 
xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida 
belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv 
organlari, kuchlar va vositalar majmui; 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling