Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Ekologik jinoyatlarda ekologik huquqiy tartib
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy zarar
Ekologik jinoyatlarda ekologik huquqiy tartib,
ekologik xavfsizlik jinoiy tajovuz predmetiga kiradi. Ekologik jinoyatlarning ob’yekti tabiatdagi moddiy ne’matlar, ya’ni qonun bilan muhofaza qilinadigan tabiiy ob’yektlari va umuman, atrof tabiiy muhitdir. Bunday muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlarning ro’yxati «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilgan. Bularga yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon, o’simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, atmosfera-ning ozon qatlami, tabiiy landshaftlar, tabiiy qo’riqxonalar va boshqalar kiradi, Ekologik jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zarar iqtisodiy va ekologik shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Iqtisodiy zarar tabiatdan foydalanuvchilarga, ularning mulki va daromadlariga yetkaziladi. Ekologik zarar atrof tabiiy muhit, uning ayrim tabiiy ob’yektlari, umuman, tabiiy ekologik tizimning ifloslanishi, nooqilona foydalanilishi, kamayishi va buzilishida namoyon bo’ladi. Ekologik jinoyatdan jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan ma’muriy huquqbuzarlikni farqlash lozim. Ekologik huquqbuzarlikda jinoyat tarkibiga xos alomatlar bo’lmaydi. Ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan qonunda quyidagi ta’sir choralari nazarda tutilgan: ogohlantirish, jarima, huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va vositalarini olib qo’yish, g’ayriqonuniy tarzda topilgan mahsulotni musodara etish, fuqaroni muayyan faoliyat bilan shug’ullanishdan iborat maxsus huquqidan mahrum etish. Ekologik huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan ma’muriy javobgarlikning keng tarqalgan turlaridan biri jarima. Jarimadan ko’zlangan maqsad — tarbiyalash, ogohlantirishdir. U yetkazilgan zararni qoplash chorasi emas, shu bois jarima miqdori yetkazilgan zarardan ortiq bo’lishi yoki, aksincha, undan kam bo’lishi yoxud hech qanday zarar bo’lmagan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Jarima to’lash aybdorni yetkazgan zararini qoplash majburiyatidan xalos etmaydi. Ekologik ekspertiza tushunchasi. Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. Ekologik ekspertiza maqsadlari. Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: - mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; - rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash. Ekologik ekspertiza turlari. Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - qonuniylik; - xolislik; - asoslilik; - ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; - har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan - ekologik xavflilik prezumpsiyasi; - xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling