Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning o‘ziga xos ko‘rinishi Oqsil markerlari


Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) -


Download 53.62 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1396848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKROGAMETAGENEZ VA MAKROSPOROGENEZ

Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) - DNKni «in vitro» sharoitda amplifikatsiyalashdir. Birnecha soat mobaynida DNK fragmentini million marta va undan ham ortiq ko‘paytirish mumkin. Buning uchun amplifikatsiyalanishi zarur bo‘lgan DNK fragmenti nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan (sekvenirlangan) bo‘lishi kerak. Avval DNK fragmentining uchidagi ikki nukleotidlarga mos bo‘lgan ikki oligonukleotid praymer sintezlanadi. Praymerlar 20-30 nukleotidlardan tashkil topadi. Amplifikatsiya jarayoni takrorlanuvchi tsikllardan iborat bo‘lib, har bir tsikl 3 ta bosqichdan tashkil topa di (24-rasm):
1. Issiqlik ta`sirida DNK ni denaturatsiyalash (ikki zanjirli DNKni bir zanjirliga ajratish). 2. Praymerlarni bir zanjirli DNK komplementar qismlariga biriktirish.
3. Birikkan praymerlar orasidan bir zanjirli molekulaga mos polinukleotid zanjirlarni sintezlash (polimerazalar yordamida).
Genotiposkopiya (gen daktiloskopiyasi) usuli ham eng yangi molekulyar genetik usuldir. Bu usul asosida DNK molekulasida o‘ta o‘zgaruvchan (gipervariabel) qismlarni aniqlashga asoslangan. Gipervariabel qismlarni ingliz genetigi A.Djefrin va rus genetigi Y.Rogachev bir biridan mustaqil ravishda 1985-yilda aniqlashgan. Gipervariabel qismlar genomning ko‘p takrorlanuvchi nukleotidlar ketma-ketliklari hisoblanadi. Gipervariabel qismlardan nishonlangan DNK zondlari yaratiladi. Bu zondlarni tekshirilayotgan DNKga qo‘shiladi. Nishonlangan zondlar o‘ziga o‘xshagan gipervariabel qismlar bilan duragaylashadi va radioavtografiya usuli yordamida aniqlanadi. Har bir shaxsda gipervariabel qismlar soni va DNK molekulasida taqsimlanishi individual xarakterga ega.
Genotiposkopiya usuli quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
1. Shaxslarni aniqlash.
2. Egizaklar zigotaligini aniqlash.
3. Genning otaniqi yoki onaniqi ekanligini aniqlash.
4. Bolaning ota onalarini aniqlash.
5. Genlarni xaritalashtirish.
6. Irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish.
Genotiposkopiya usuli yordamida giperkeratoz geni 17 xromosomada, Altsgeymer kasalligi geni 21 xromosomada joylashishi aniqlandi. Bu usul yomon sifatli o‘smalarni erta tashxislashda ham qo‘llanilmoqda.
117. 0 ‘simliklarda jinsiy hujayralaming shakllanishi ikki bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich - sporogenez gaploidli hujayra - spora hosil bo‘lish bilan tugallanadi;
2-bosqich - gametogenez yetuk gametalaming yetilishi.
Mikrosporalar yoki chang donalarining hosil bo‘lish jarayoni - mikrosporogenez, makrospora yoki tuxum hujayraning hosil bo‘Ush jarayoni esa makrosporogenez deb ataladi. Mikrosporogenez va mikrogametogenez. Har ikki jarayonning sodir bo'lishligini yopiq umg‘li yoki gulli o'simliklar misolida ko'rib o'tamiz. Yosh changdonning arxespora deb ataluvchi subepidermal to'qimasining har bir hujayrasi qator bo‘linishlardan so‘ng changning onalik hujayrasiga aylanadi (ilova - 37 va 38. 1-rasmlar). Unda meyozning barcha bosqichlari bo'lib o'tadi. Ikki meyoz bo'linish natijasida to'rtta gaploidU mikrosporalar hosil bo'ladi. To'rttasi birgalikda yotgani uchun sporalar tetradasi deb ataladi. Tetradalar yetilishi bilan ayrim mikrosporalarga ajraladi. Shu bilan mikrosporogenez tugallanadi. Bir yadroli mikrospora hosil bo'lishi bilan mikrogametogenez boshlanadi. Mikrosporaning birinchi mitoz bo'linishi natijasida vegetative va generativ hujayra hosil bo'ladi. Keyinchalik vegetativ hujayra va uning yadrosi bo'linmaydi. Vegetativ hujayrada oziqa moddalaming zaxirasi to'planadi, keyinchalik bu oziqa generativ hujayraning bo'linishida, chang nayining onalik ustunchasi o'sishida ishlatiladi. Generativ hujayra yana ikkiga bo'linadi. Natijada ikkita erkaklik jinsiy hujayrasi hosil bo'ladi. Bu hujayralar, hajrvon spermatozoidlaridan farqli o'laroq, harakatlanish qobiliyatiga ega emaslar va ular spermiyalar deb ataladi. Shunday qilib, gaploidli xromosomalar to'plamiga ega bo'lgan bitta sporaning ikki marta mitotik bo'linishi natijasida uchta hujayra hosil bo'ladi. Ulardan ikkitasi spenniya va bittasi vegetativ hujayradir.

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling