Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning o‘ziga xos ko‘rinishi Oqsil markerlari


Makrosporogenez va ntakrogametogenez


Download 53.62 Kb.
bet5/6
Sana25.04.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1396848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKROGAMETAGENEZ VA MAKROSPOROGENEZ

Makrosporogenez va ntakrogametogenez. Yosh umg'kurtakning subepidermal qavatida ko'pincha bitta arxesporal hujayra shakllanadi. Arxesporiy hujayrasi o'sib, makrosporalaming onaHk hujayrasiga aylanadi (ilova - 37 va 38.2-rasmlar). Makrosporaning onalik hujayrasi ikki meyoz bo'linishi natijasida makrospora tetradasi hosil bo'ladi. Tetradaning har bir hujayrasi gaploidli. Ammo ulardan faqat bittasigina rivojlanishni davom ettiradi, qolgan 3 tasi degeneratsiyaga uchraydi. Keyingi bosqichda makrogametogenez amalga oshadi. Omon qolgan makrospora o'sishda davom etib, uning yadrosi qator mitoz bo'linishlami boshidan o'tkazadi. Lekin bu jarayonlar da hujayraning o'zi bo'liimiaydi va u murtak xaltachasini hosil qiladi. 70% yopiq umg'li o'simliklar turida
uch marta mitoz bo'linish bo'lib, natijada sakkizta bir xil yadrolar hosil bo‘ladi. 8 ta yadroning to‘rttasi mikropile (spermiyalar kiradigan joy) ga yaqin joylashadi, qolgan 4 tasi murtak xaltasining qarama-qarshisidan joy oladi. Murtak xaltasining mikropile qismida joylashgan to'rtta hujayradan uchtasi - tuxum hujayra va ikkita sinergidlar tuxum apparati deb ataladi. Sinergidlar unig‘lanish vaqtida qo‘shimcha rol o'ynaydilar, so‘ngra esa parchalanib ketadilar. To'rtinchi yadro murtak xaltasining markaziga yo‘nalib, xaltaning xalaza qismidan kelgan o‘ziga o‘xshash yadro bilan qo'shiladi. Ikkita gaploidli yadro qo‘shilib, diploidli murtak xaltasining ikkilamchi markaziy yadrosini hosil qiladi. Xalaza qismda qolgan uchta yadro antipodlar deb ataladi. Ular ham sinergidlarga o‘xshab zigota
rivojlanishida qo'shimcha rol o'ynaydilar va so‘ngra parchalanib ketadilar. Shunday qilib, uchta mitotik boiinish natijasida gaploidli sakkiz yadroli murtak xaltasi hosil boiadi. Ulardan faqat bittasigina tuxum hujayrani hosil qiladi. Yuqorida aytilganidek, mikrogametogenez har bir chang donid hosil boiadigan ikki spermiya hosil qilishi bilan tugallanar edi. Yopiq umgii o‘simliklarda changlanish tufayli changdonlarda yetilgan chang donasi umg‘chi tumshugiga tushib, chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi ustunchaning g‘ovak to‘qimalari orasidan o‘tib, murtak xaltasiga yetib keladi. Chang naychasi orqali oldinda yo‘naltimvchi tanaeha, undan keyin ikki spermiya murtak xaltasi tomon harakat qiladi Chang nayi murtak xaltasining mikropile qismiga yetib kelib, tuxum hujayra va sinergidlarga to‘qnash keladi, natijada chang nayi yorilib, sinergidlaf parchalanadi. Chang nayi orqali harakat qilib kelgan ikki generativ !yadro - spermiyalar murtak xaltasi ichiga kiradilar. Ulardan biri tuxum hujayraning gaploidli yadrosi bilan qo‘shilib, urug‘lanish sodir boiadi. Umgiangan tuxum hujayra - zigotada xromosomalaming diploidli holati tiklanadi. Zigotadan umg‘ murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiya markaziy diploidli yadrolar bilan qo‘shilib, triploidli endosperm hosil qiladi. Endosperm rivojlanadigan murtak uchun oziqa moddasi b o iib xizmat qiladi. Bitta spermiyaning tuxum hujayra bilan qo‘shilishi, ikkinchi spermiyaning markaziy hujayralar yadrosi bilan qo‘shilishi qo‘sh urugUanish deb ataladi.yopiq umgiila r uchungina xos boigan bunday umgianishni 1898-yilda ms olimi S. G. Navashin aniqlagan.
118. 0 ‘zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida dunyoga mashhur olim akademik N. I. Vavilovning o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi haqidagi nazariy va metodik ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, uning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta’limoti hamda N. I. Vavilov va uning hamkasblari tomonidan sobiq ittifoqda dunyoda eng boy o‘simliklar genofondidan iborat madaniy o‘simliklar va ulaming yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasining yaratilishi 0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genetikasi va seleksiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlami rivojlantirish uchun asos bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda genetika fanining aksariyat yo‘nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar ta)^orlashning samarali bo‘lishida 0 ‘zbekistonda ko‘p yillar ishlagan mashhur olimlar - akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov hamda rossiyalik olimlar - akademiklar N. P. Dubinin, V. A. Shunmiy, professorlar - M. E. Lobashev va D. V. Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo‘ldi.v0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar dunyo kolleksiyasini yaratish va boyitish sohasidagi ishlar - 0 ‘zbekiston o‘simlikshunoslik, 0 ‘zbekiston FA ning Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi, 0 ‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chihgi institutlarida olib borilmoqda.
0 ‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genofondi kolleksiyasini yaratishda atoqli olimlar N. I. Vavilov, D. V. Ter-Avanesyan, G. S. Zaysev, F. M. Mauer, N. N. Konstantinov va A. A. Abdullayevlaming xizmati katta bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda g‘o‘za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik A. A. Abdullayev va uning shogirdlari (S. M. Rizayeva, M. A. Axmedov, R. D. Dariyev, R. Sh. Shodmonov, X. S. Saydaliyev) tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspedisiyalar natijasida g‘o‘za genofondi kolleksiyasi boyitildi, sifati ko‘tarildi. Bu kolleksiyada yig‘ib o‘rganilgan g‘o‘za yowoyi turlari 50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kolleksiya dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. G‘o‘za o‘simligining yowoyi va madaniy turlarining kelib chiqishi, evolutsiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g‘o‘za turlarining morfobiologik, sitogenetik va genetik dalillarga asoslangan yangi sistematikasi asoslari yaratildi. 0 ‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urug'chiligi institutidagi g‘o‘za kolleksiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, 0 ‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida g‘o‘zaning 6500 nav va namunalari bor. 0 ‘simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi tarkibida 80 turdan ortiq ekinlaming 30000 dan ko‘proq nav va namunalari, g‘o‘zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi genofondi 0 ‘zbekistonda o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlami rivojlantirish uchun boshlang‘ich material sifatida kata ahamiyatga ega.
0 ‘zbekistonda g‘o‘za genetikasi va seleksiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G. S. Zaysev, S. S. Kanash, | A. A. Avtonomov, L. V. Rumshevich, L. G. Arutyunova, V. I. Kokuyev, K. A. Visoskiy, B. R Straumal, S. S. Sodiqov, A. D. Dadabayev, Sh. I. Ibragimov, A. A. Abdullayev, D. A. Musayev, S. M. Mirahmedov,
N. N. Nazirov, A. E. Egamberdiyev, O. J. Jalilovlaming nomlari bilan bog‘liq. Ular g‘o‘zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlami duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo‘llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib, g‘o‘za seleksiyasining samaradorligini oshirib, qator o‘rta va ingichka tolali navlami yaratdilar. Bu navlami amaliyotda qo‘llash natijasida sobiq ittifoqda ekilayotgan
navlaming o‘miga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o‘tkazildi. Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalgaoshirilmoqda. 1922-yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o‘tkazildi.
Har vaqtning o'ziga xos biogeosenoz xususiyatlari namoyon bo‘lishligi evaziga seleksiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib seleksioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo‘lgan navlaming genmanbalariga ega
bo‘lgan seleksion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishda mavjud bo‘lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida A. B. Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi.
0 ‘simliklar genetikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlaming samaradorligi genetik tahlil uchun olinadigan biologik obyektning irsiy tozaligiga bog‘liq. Ma’lumki, g‘o‘za o‘simligi to‘liq o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik bo‘lmasdan, ma’lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu o‘simlikning navlari va namunalari ma’lum darajada geterozigotali va geterogen bo‘ladi. Shu tufayli ham akademik N. I. Vavilovning fikriga ko‘ra, g‘o‘za genetikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar qilish uchun dastawal uning gomozigotali belgilariga ega bo‘lgan genetik kolleksiyasini yaratish zarur. Bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari O'zbekiston Milliy universitetid keyingi 50 yil davomida D. A. Musayev va uning shogirdlari va xodimlari (M. F. Abzalov, A. S. Almatov, S. A. Zakirov, Sh. Turabekov, S. T. Musayeva, G. N. Fatxullayeva, H. Xolmatov va boshqalar) tomonidan olib borildi va borilmoqda.
119. ORGANIZMLARNING O‘ZGARUVCHANLIGI
Hayotning eng muhim xossalaridan biri organizmlarning o‘zgaruvchanligi bo‘lib, u ko‘payish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zgaruvchanlik tur ichidagi individlarning o‘zaro tafovut qilishidir. O‘zgaruvchanlik organizmning barcha belgilari va xususiyatlarida yoki ayrim organlarida sodir bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik deb, tashqi va ichki omillar ta’sirida organizmda ro‘y beradigan o‘zgarishlar yig‘indisiga aytiladi. Organizmlarning o‘zgaruvchanligi irsiy va noirsiy (modifikatsion) bo‘ladi. Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipik, noirsiy o‘zgaruvchanlik esa fenotipik deyiladi.
Irsiy o‘zgaruvchanlik hujayra strukturasining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda organizm genotipi o‘zgaradi, o‘zgargan holdagi belgi va xususiyatlar nasldan-naslga o‘tadi. Irsiy o‘zgaruvchanlik kombinatsion va mutatsion bo‘ladi. Kombinatsion o‘zgaruvchanlik jinsiy ko‘payishda ota-ona genlarining birikishi va o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Bunday o‘zgaruvchanlikda yangi genlar hosil bo‘lmaydi, balki genotipda ularning qo‘shilish va o‘zaro ta’sir etish mexanizmigina o‘zgaradi. Shunga qaramasdan kombinatsion o‘zgaruvchanlik seleksiyada va organizmlar evolyutsiyasida katta rol o‘ynaydi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik organism genlari va xromosomalarining strukturasi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, yangi belgi va xususiyatlarni vujudga keltiradi. Mutatsiya to‘satdan, sakrash yo‘li bilan ro‘y beradi. Mutatsiya paydo bo‘lishi jarayoniga mutagenez deb ataladi. Mutagenez tabiiy (spontan) va sun’iy (induktiv) bo‘ladi. Modifikatsion (fenotipik) o‘zgaruvchanlik genotipni o‘zgartirmaydi. Bunday o‘zgaruvchanlikda tashqi muhit o‘zgarishiga qarab bitta genotip t1urli fenotiplarda ifodalanadi. Genotip va fenotip tushunchalarini fanga 1909 yilda daniyalik genetic olim V.Iogannsen kiritgan. Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yig‘indisiga aytiladi. Fenotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar to‘plamiga aytiladi. Fenotip genotipning tashqi muhitga bo‘lgan munosabati (reaksiyasi)dir. Demak, irsiy o‘zgaruvchanlik organizm genotipining, modifikasion
o‘zgaruvchanlik esa organizm fenotipining o‘zgarishidir.

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling