Modul / fan sillabusi tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Barcha ta’lim yo‘nalishi uchun


Download 0.75 Mb.
bet1/7
Sana01.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1737900
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sillabus yangiii






Modul / FAN SILLABUSI
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Barcha ta’lim yo‘nalishi uchun




Fan nomi:

Falsafa

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

FALB204

Yil:

2023-2024

Semestr:

  1. Kurs,2-kurs

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

120

Ma’ruza:

30

Amaliy mashg‘ulotlar:

-

Labaratoriya mashg‘ulotlari:

-

Seminar:

30

Mustaqil ta’lim:

60

Kredit miqdori:

4

Baholash shakli:

Imtihon (test)

Fan tili:

O‘zbek





Fan maqsadi (FM)

FM1

Fanni o'qitishdan maqsad – talabalar dunyoqarashining umumlashgan tizimini yaratish va unda inson oʻrnini koʻrsatish, insonning dunyoga boʻlgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa munosabatlarini shakllantirish hamda to‘g‘ri fikrlash mahoratini o‘rgatishdan iborat; Fanning vazifasi – talabalarning dunyoni bilish va uni o`zgartirishga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvi, tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnika va texnologiyalarning inson pragmatik ehtiyojlariga javob sifatidagi evolyusiyasi; milliy qadriyatlar, madaniyat va ommaviy madaniyatning o‘zaro aloqasi va farqi, dunyoni bilish, haqiqatni anglashda amaliyot va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashning ahamiyati, to‘g‘ri fikrning ijobiy maqsadlarga yo‘naltirishdagi o‘rni; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni, global korrupsiyaning sabablari, shakllarini bilish va ularga qarshi kurashish, dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, ijtimoiy va professional mas’uliyatni va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shish tuyg`usini shakllantirishdan iborat.





Fanni o‘zlashtirish davomida o‘zaro aloqador bo‘lgan bilimlar

1.

Fan va texnika tarixi (FTTB205)

2.

Manbashunoslik va tarixshunoslik (MVTB310)

3.

Tarix falsafasi (TTMB306)

4.

O‘zbekiston tarixi (UZTB129)

5.

Dinshunoslik (DINB405)





Ta’lim natijalari (TN)


Bilimlar jihatidan:

TN1

Falsafiy bilimlarning shakllanishi va taraqiyoti, fandagi asosiy yo'nalishlar tarixini bilishi kerak.

TN2

G‘arb va Sharqda falsafiy bilimlarning bilimlarning o'zaro aloqadorligini; Markaziy Osiyolik allomalarining faoliyati va ularni qoldirgan ilmiy meroslarini bilishi kerak;

TN3

Qadimgi Yunoniston, Hindiston, Xitoy,Rimda faoliyat olib borgan ilmiy markazlar; Markaziy Osiyoda falsafiy bilimlarning rivoj topishini bilish;

TN4

Falsafa tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o'ziga xosligi haqida haqida tasavvurga ega bo'lish. Falsafaga oid ma'lumotlarni xolis, tarixiylik asoslari asosida tahlil qilishi va mustaqil tadqiq qilish;


Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5

Vatan tarixini o‘zlashtirgan holda ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘ladi;

TN6

bakalavriat yo‘nalishiga mutanosib ravishda raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladi;

TN7

yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va
o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay oladi;

TN8

ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘ladi;

TN9

Bakalavriatning tegishli yo‘nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura oliy ta’limini davom ettirish malakalariga ega bo‘ladi.





FAN MAZMUNI







Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)






Ma’ruza mavzulari

Soat hajmi

M1

Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli

2

M2

Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi

2

M3

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

2

M4

Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi

2

M5

Bilish falsafasi (gnoseologiya)

2

M6

Mantiq

2

M7

Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa

2

M8

Jamiyat falsafasi

2

M9

Inson falsafasi (Falsafiy antropologiya)

2

M10

Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia)

2

M11

Axloq falsafasi (Etika)

2

M12

Nafosat falsafasi (Estetika)

2

M13

Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi

2

M14

Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi

2

M15

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati

2


Fan bo‘yicha jami ma’ruza soati

30





Mashg‘ulotlar shakli: seminar (S)






Seminar mavzulari

Dars soatlari hajmi

S1

Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli

2

S2

Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi

2

S3

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

2

S4

Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi

2

S5

Bilish falsafasi (gnoseologiya)

2

S6

Mantiq

2

S7

Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa

2

S8

Jamiyat falsafasi

2

S9

Inson falsafasi (Falsafiy antropologiya)

2

S10

Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia)

2

S11

Axloq falsafasi (Etika)

2

S12

Nafosat falsafasi (Estetika)

2

S13

Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi

2

S14

Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi

2

S15

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati

2


Fan bo‘yicha jami seminar soati

30




FALSAFA


1-mavzu. Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli
Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzulmasi, funksiyalari. Falsafaning paydo bo‘lishi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati. Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy va ilmiy dunyoqarash, ularning o‘aro aloqadorligi hamda o‘ziga xosligi. Raqamli sivilizatsiya sharoitida yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi imunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Misr va Bobilda olam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi mifologik tasavvurlarning shakllanishi. Qadimgi Hindistonda olam va odamning kelib chiqishi, ularning o‘zaro munosabati borasidagi falsafiy qarashlarning rivojlanishi. Vedalar va Upanishadlar qadimgi hind donishmandligining manbai sifatida. Qadimgi hind falsafiy maktablari. “Avesto” qadimgi davrda Markaziy Osiyoda rivojlangan inson, tabiat, jamiyat va davlatchilik haqidagi falsafiy g‘oyalarning ilk manbai sifatida. Daochilik, Konfutsiychilik, Moizm, Legizm singari qadimgi Xitoy falsafiy maktablarining borliq, inson, jamiyat va davlatning mohiyati, ijtimoiy- siyosiy tartibot, yoshlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish haqidagi g‘oyalari. Arab-musulmon sivilizatsiyasi va islom falsafasining vujudga kelishi. Islom tamaddunida diniy va dunyoviy ilmlarning o‘zaro uyg‘unlikdagi taraqqiyoti (Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abubakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu ali Ibn Sinolarning tabiiy-ilmiy, ijtimoiy falsafiy qarashlari). Islomiy ilmlar rivojida Xuroson va Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar hissasi. Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. Ilk o‘rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik maktablari ta’limotlari. Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy falsafasi. Temuriylar davrida tabiiy-ilmiy bilimlar taraqqiyoti (Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchilarning tabiatshunoslik fanlariga qo‘shgan hissasi). Yangi davr Sharq tasavvufi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Sharq istilosi bilan bog‘liq uyg‘onish harakatlari, osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari. O‘zbekistonda falsafiy fikrlar rivoji. O‘zbekistonda ajdodlar me’rosini tiklash va ularni jahonda keng ommalashtirish borasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling