Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


 - MA’RUZA: BOSHQARISH TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

26 - MA’RUZA: BOSHQARISH TIZIMLARINING ISHONCHLILIGI. 
 
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimning berilgan vazifalarni 
ishlatishga oid ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarini vaqt o‘tishi bilan 
saqlanishi bilan bajarish xususiyati tizimning beto‘xtovligi, ta’sirlanuvchanligi va 
uzoq muddat ishlashi orqali belgilanadi. 
Beto‘xtovligi — tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida 
(ishlab chiqarish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan 
tashqari) to ‘xtashlarsiz ishlash uz-luksizligi jarayonini saqlash xususiyatidir. U 
ayrim vazifalar, qism tizimlari va umuman tizim-lami inkor qilishga ishlash bilan 
xarakterlanadi. Ta’mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilish-larning oldini olish, 
aniqlash va inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich 
mumkin bo‘ladigan inkorlardan (to‘xtashlardan) so‘ng ish xususiyatini ko‘p marta 
tiklab, uzoq vaqt foydalanishga m o‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o ‘rta 
tiklanish vaq-ti bilan xarakterlanadi. 
Uzoq muddatlilik — bu tizimning ish xususiyatini oxirgi holatgacha saqlay 
olish xossasi-dir (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur uzilishlar 
bilan). U tabiiy va m a’naviy eskirish omillari bilan belgilanadi va tizimning xizmat 
qilish muddati bilan aniqlanadi.
Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish, loyihalash, joriy qilish va sanoat 
ekspluatatsi-yasi jarayonida uning ishonchliligining optimal darajasi belgilanishi va 
o‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari: texnologik rejimning buzilishi, 
yaroqsiz, maqsadga qaratilgan mahsulotni to ‘la ishlab chiqarmaslik, avariyalar, 
portlashlar, shuningdek tizimni ta ’mirlashga xarajatlarning ortishi. Ayrim hollarda 
tizim ishonchliligi darajasining past bo‘lishi uning samaradorligini nol (puch)ga 
keltirishi yoki hatto manfiy qilib qo‘yishi mumkin (ya’ni xarajatlar iqtisodiy 
samaradan ham yuqori bo‘ladi). Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ortishi ham 
xarajatlarning ortishiga olib keladi. 
Tizim ishonchliligining optimal darajasini o‘rnatish va ta ’minlash —
murakkab 
va 
mas’u-liyatli 
vazifa, 
chunki 
kimyo 
va 
oziq-ovqat 
texnologiyasiobyektlarini boshqarish (TOB)ni avto- matlashtirish ko‘p funksiyali 
(vazifali) tizimga kiradi, uning tarkibida juda ko‘p texnik qurilma-lar va operativ 
xodimlar bo‘ladi. Bir tomondan, ayrim vazifani (ishni) bajarishda bir nechta tex-nik 
qurilmalar foydalanilishi mumkin, ikkinchi tomondan — ayni bir qurilmadan bir 
nechta vazifani bajaruvchi o ‘rnida foydalanish mumkin. Tizimlarning ko‘pligi 
(ortiqchaligi) ham katta ahamiyatga ega (apparatli, informatsion, vaqtiy funksional 
tizimlar), bu umuman tizimning ishonchliligini, ayrim qism, tizimlar va qurilmalar 
ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ xodimlarning bo‘lishi 
berilgan vazifalarni bajarish umumiy ishonchliligini oshi-rishi ham mumkin (agar 


142 
xodimlar boshqaruvning zaxira bo‘g‘ini bo‘lsa), xodimlar texnik quril-malar bilan 
izchil ishlagan holda ishonchlilikni kamaytirishi ham mumkin. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling