Avtomatik boshqarish sistemalarini hozirgi paytda, asosan, ikki turga
bo‘lish mumkin:
Birinchi turi - sistemaga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o‘zaro ketma
- ket bog‘-langan va bir - biriga ochiq zanjir bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadigan avtomatik
boshqarish sistemalari kiradi. Ochiq zanjirli avtomatik
boshqarish sistemalarida
ishlab chiqarish protsesslari o‘tadigan ob’ektlarning
ishga tushishi,
ishlashi va
to‘xtashi ma’lum vaqt (davr) oralig‘ida oldindan beril-gan dasturga muvofiq o‘tadi,
ob’ektdagi texnologik protsesslar undagi miqdor va sifat o‘zgarish-lariga bog‘liq
bo‘lmaydi. Ob’ektlardagi texnologik operatsiyalarning bajarilishidagi ketma- ket-lik
vaqt bo‘yicha yoki oldin o‘tayotgan biror operatsiyaning tugallanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan tartibda oldindan dasturlangan bo‘ladi.
150
Avtomatik boshqarishning ikkinchi turiga –
boshqariladigan rejimda
ishlaydigan yopiq zanjirli informatsion sistemalar kiradi.
Bunday sistemalarda
ob’ektni
ishga tushirish, to‘xtatish va ma’lum dastur bo‘yicha
boshqarishdan
tashqari, sistemaning ishlash protsessi davomida ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari,
texnologik parametrlarni rostlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa-rish protsessi ham
bo‘ladi.