Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

kattaligi 
Xob’ektini 
boshqarish 
parametri, 
chiqish 
(boshqariladigan) kattaligi У ob’ekt faoliyati natijasini xarakterlovchi parametr 
hisoblanadi. Muhitning tashqi ta’siri Z g‘alayonlanish deyiladi. 
Avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) qabul qilayotgan signallar uzluksiz-
ya’ni bir tekisda o‘zgaradigan, doimiy va diskret, ya’ni sakrash bilan o‘zgaradigan 
bo‘lishi mumkin. Signallarning analog va raqamli turlari mavjud. Inson, eng avvalo 
og‘ir jismoniy mehnat turlaridan ozod bo‘lishga erishgan. Bu o‘rinda u tabiiy 
energiya manbalaridan (suv, shamol va boshqalar) foydalangan. Keyinchalik bug‘ 
va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan (XVIII asr) fan-texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi - 
ishlab chiqarish protsesslarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi 
odam har bir stanok va texnologik mashinaga bog‘langan bo‘lib, undagi ishlab 
chiqarish protsesslarini kuzatadi (kontrol qiladi), mehnat predmeti parametrlarining 
maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi informatsiyalarga ishlov berib, ularni 
analiz qilish yo‘li bilan texnologik protsessni boshqarish vazifasini bajarib turadi. 
Bu davrda odam ishlab chiqarish protsessining boshqaruvchi elementi bo‘lib qoladi. 
Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish protsesslari endi katta tezliklarda o‘tadigan 
bo‘ladi, ularning uzluksiz ishlaydigan turlari ko‘payib, murakkablashib boradi. 
Sanoat uskunalarining kattalashib va kengayib borishi, ular katta aniqlikda 
ishlashining talab qilinishi, boshqarishni tashkil qilish uchun e’tiborga olinishi kerak 
bo‘ladigan informatsiyalar sonining juda ko‘payib, murakkablashib ketishiga sabab 
bo‘ldi. Bunday sharoitda boshqarish funksiyasini bajaruvchi odam boshqarish bilan 
borliq bo‘lgan bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Endi u ishlab chiqarish 
protsesslarining o‘tishi to‘g’risidagi informatsiyalarga tez ishlov berib 
ulgurolmaydigan bo‘lib qoladi. Shu sababli informatsiyalar asosida o‘z-o‘zidan, 
odamning ishtirokisiz ishlaydigan yordamchi texnik vositalarni yaratish zarurati 
tug‘iladi. 


149 
Sanoatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi 
I. I. Polzunov tomonidan (1765-y) yaratilgan. Bu qurilma bug‘ mashinasining bug‘ 
qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz, saqlab turishga 
mo‘ljallangan qurilma edi. Ma’lumki, qozondagi suv miqdori uning bug‘ga 
aylanishi va sarfi sababli kamayadi, natijada undagi bug‘ bosimi ham o‘zgaradi. Bu 
o‘z navbatida bug‘ mashinasining yomon ishlashiga, uning tezligi o‘zgarib turishiga 
sabab bo‘ladi. Shu sababli bug‘ qozonidagi suv sathi balandligini va bug‘ 
mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o‘sha davrning eng muhim 
muammolaridan hisoblanardi. Polzunov yaratgan texnik vosita (regulyator) tufayli, 
odam qozondagi suv sathi balandligini kontrol qilish, agar undagi suv sathi 
balandligi oldindan belgilanib qo‘yilgan suv sathi balandligidan kamaysa - suv 
quyib, ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to‘xtatish protsessini boshqarib 
turish funksiyasini bajarishdan ozod bo‘ldi. Endi bu funksiyani texnik qurilma - 
regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz mexanigi J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi 
bug‘ mashinasining aylanish tezligini rostlay oladigan avtomatik qurilma – 
regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida o‘sha vaqtdagi texnologik 
mashinalarning ishonchli va o‘zgarmas tezlikda ishlashi bir - muncha ta’minlangan 
edi. Fan-texnika taraqqiyotining bu II davrida alohida ob’ektlardagi suyuqlik sathi 
balandligi, texnologik mashinalarning aylanish tezligi va boshqalarni rostlash kabi 
eng oddiy operatsiyalarni avtomatik boshqarish uchun xizmat qiladigan, regulyator 
deb ataladigan texnik qurilmalarni hisoblash, qurish masalasi hal qilindi; texnologik 
protsesslarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik siste-
malarning eng oddiy turlari yaratildi. Bu davrda o‘zaro ma’lum tartibda bog‘langan, 
belgilangan maqsadga muvofiq bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan va o‘zining asosiy 
funksiyasini odam ishtirokisiz bajaradigan, boshqaruvchi (regulyator) va 
boshqariluvchi (ob’ekt) qismlardan iborat bo‘lgan avtomatik boshqarish sistemalari 
yaratila va takomillasha boshlandi. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling