Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

0 – bosqich. Turli ko`rinishdagi xabarlar (nutq, ma`lumotlar, grafik 
axborotlari), shuning-dek xar xil xizmatlar (dialog, xujjatlilik va boshqalar) uchun 
bo`lak tarmoqlar mavjud bo`lgan. 
1 – bosqich. Uzatish va kommutatsiyalashning raqamli usullariga o`tish bilan 
xarakterla-nadi, buning uchun an`anaviy analog telefon tarmog`i asta – sekin turli 
tuman keng spektrdagi xizmatlarni va nutq va ma`lumotlarni yagona raqamli 
shaklda uzatish imkonini beradigan integ-ral raqamli tarmoqqa IDN (Integrated 
Digital Network) o`zgartiriladi. Shu bilan birga ma`lumot-lar uzatish va axborot 
hisoblash tarmoqlarining rivojlanishi davom etadi. 


108 
2 – bosqich. Integral raqamli tarmoqni (IDN) ma`lumotlar uzatish va axborot 
hisoblash tarmoqlari bilan asta – sekin birlashtirish yo`li bilan integral xizmat 
ko`rsatuvchi raqamli tarmoq ISDN (Integrated Services Digital Network) yaratiladi. 
Fizik muhit sifatida raqamli telefon ka-nallari ishlatiladi. Videoaxborot-larni uzatish 
tarmoqlari ayrimligicha qoladi.
3 – bosqich. Keng polosali integral xizmat ko`rsatuvchi tarmoq BSN 
(Broadband Servi-ces Network) yaratiladi. Ushbu tarmoq foydalanuvchilarni, nutq, 
ma`lumotlar, faksimil axborot-lari bilan zichlashtirish, shuningdek television 
dasturlar, fayllarni yuqori tezlikda uzatish, video-konferentsiyalar tashkil etish va 
boshqalarni tashkil etish maqsadida, keng polosali raqamli ka-nallar bilan 
ta`minlaydi.
IXKRT ning arxitekturasi etti satxli ochiq tizimlar bog`lanishi etalon modeli 
(OSI) bazasi-ga asoslanadi. ITU-T tavsiyalarida Integral xizmat ko`rsatuvchi 
raqamli tarmoqlar (IXKRT) tushunchasi, raqamli kommutatsiya va raqamli trakt-
ning bir xil qurilmalari birdan ortiq aloqa turlarida ulanish o`rnatilishi uchun 
qo`llaniladi, masalan telefoniya, ma`lumotlarni uzatish va hokazo deb aniqlangan. 
Integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlari ikki turga bo`linadi: 
- tor polosali integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlar; 
- keng polosali integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlar. 
T-IXKRTga uzatish tezligi 2048 Kbit/s (taxminan 2 Mbit/s) oshmaydigan, K-
IXKRT ga esa uzatish tezligi 2048 Kbit/sdan yuqori bo`lgan tarmoqlar kiradi. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling