Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. 
 Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf 
keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘p-lami. Masalan, avtomobil va 
xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – 
ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek 
tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan 
kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi 
mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari. 
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida 
bildirilgan tanqidiy munosabati.Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan 
naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi
ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, 
sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular 


110 
yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – 
matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin.
Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal 
xususiyatlardan ibo-rat bo‘ladi: 
- ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi); 
- elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi; 
- ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish xususiyati 
mavjud). 
Yaxlitlik (integrallashganlik) xususiyati 
Murakkab tizimning birortaelementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab 
tizimga nisbatan xususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak
ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan 
ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z 
hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan 
bog‘liqligidir. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling