Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
RBT 9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – bosqich.
- 3 – bosqich.
0 – bosqich. Turli ko`rinishdagi xabarlar (nutq, ma`lumotlar, grafik
axborotlari), shuning-dek xar xil xizmatlar (dialog, xujjatlilik va boshqalar) uchun bo`lak tarmoqlar mavjud bo`lgan. 1 – bosqich. Uzatish va kommutatsiyalashning raqamli usullariga o`tish bilan xarakterla-nadi, buning uchun an`anaviy analog telefon tarmog`i asta – sekin turli tuman keng spektrdagi xizmatlarni va nutq va ma`lumotlarni yagona raqamli shaklda uzatish imkonini beradigan integ-ral raqamli tarmoqqa IDN (Integrated Digital Network) o`zgartiriladi. Shu bilan birga ma`lumot-lar uzatish va axborot hisoblash tarmoqlarining rivojlanishi davom etadi. 108 2 – bosqich. Integral raqamli tarmoqni (IDN) ma`lumotlar uzatish va axborot hisoblash tarmoqlari bilan asta – sekin birlashtirish yo`li bilan integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoq ISDN (Integrated Services Digital Network) yaratiladi. Fizik muhit sifatida raqamli telefon ka-nallari ishlatiladi. Videoaxborot-larni uzatish tarmoqlari ayrimligicha qoladi. 3 – bosqich. Keng polosali integral xizmat ko`rsatuvchi tarmoq BSN (Broadband Servi-ces Network) yaratiladi. Ushbu tarmoq foydalanuvchilarni, nutq, ma`lumotlar, faksimil axborot-lari bilan zichlashtirish, shuningdek television dasturlar, fayllarni yuqori tezlikda uzatish, video-konferentsiyalar tashkil etish va boshqalarni tashkil etish maqsadida, keng polosali raqamli ka-nallar bilan ta`minlaydi. IXKRT ning arxitekturasi etti satxli ochiq tizimlar bog`lanishi etalon modeli (OSI) bazasi-ga asoslanadi. ITU-T tavsiyalarida Integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlar (IXKRT) tushunchasi, raqamli kommutatsiya va raqamli trakt- ning bir xil qurilmalari birdan ortiq aloqa turlarida ulanish o`rnatilishi uchun qo`llaniladi, masalan telefoniya, ma`lumotlarni uzatish va hokazo deb aniqlangan. Integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlari ikki turga bo`linadi: - tor polosali integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlar; - keng polosali integral xizmat ko`rsatuvchi raqamli tarmoqlar. T-IXKRTga uzatish tezligi 2048 Kbit/s (taxminan 2 Mbit/s) oshmaydigan, K- IXKRT ga esa uzatish tezligi 2048 Kbit/sdan yuqori bo`lgan tarmoqlar kiradi. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling