109
19 – MA’RUZA : OCHIQ TIZIMLARNING O’ZARO TA’SIRLARI
MODELI.
Tizim – bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib
ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar
to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi
ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad
qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt
uchun vosita
(instrument) sifatida xizmat qiladi.
Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga
intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli
yuridik kadrlarni
tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma
orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar,
kafedralar,
talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, ya’ni,
boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad
dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta
tushuncha orqali
ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus.
Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni
ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat,
chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizim-
larda
ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt
ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga
olinmasa, bunday tizim
yopiq tizim deyiladi.
Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: