Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i Annotatsiya


Download 31.34 Kb.
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi31.34 Kb.
#1427208
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola Baxtiyor 2

Yurıdık texnıkumlarda huquqshunos mutaxassıslıgı boʻyıcha kadrlarnı tayyorlashda kredıt-modul tızımını qoʻllashnıng oʻzıga xos jıxatları.


Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li
Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi
Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich
Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i



Annotatsiya: Mazkur maqola Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida taʻlim tizimini tashkil etish, kredit-modul tizimini qoʻllash, yurispuridensiya mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlashning oʻziga xos jihatlari, kredit-modul tizimining yaratilish tarixi va kredit-modul tizimining mohiyatini aniqlashga qaratilgan.
Kalit so’zlar: Kredit-modul, tanlov fan, ECTS, akademik mobillik, GPA, reyting, ta’lim dastur katalogi, sillabus, shaxsiy ta’lim katalogi.
Аннотация: В данной статье ставится задача определить организацию системы обучения в юридических техникумах Министерства юстиции, применение кредитно-модульной системы, особенности подготовки кадров в области юриспруденции, историю создание кредитно-модульной системы и сущность кредитно-модульной системы.
Ключевые слова: Кредитный модуль, элективный предмет, ECTS, академическая мобильность, средний балл успеваемости, рейтинг, каталог образовательных программ, силлабус, каталог персонального образования.
Abstract: This article aims to determine the organization of the educational system in the legal technical schools of the Ministry of Justice, the application of the credit-module system, the specific aspects of the training of personnel in the field of jurisprudence, the history of the creation of the credit-module system and the essence of the credit-module system.
Key words: Credit module, elective subject, ECTS, academic mobility, GPA, rating, educational program catalog, syllabus, personal education catalog.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi taʻlim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 359-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror va nizom asosida Yuridik texnikumlarda taʻlim tizimi tashkil etilib kelinmoqda. Quyida ushbu qaror va nizom bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʻlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʻlim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimini) joriy etish belgilangan.
Ushbu tizimga koʻra oʻquv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida ishlab chiqiladi hamda taʻlim oluvchiga oʻzining taʻlim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyati yaratiladi. Taʻlim oluvchi tomonidan muayyan modul (fan) boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida oʻquv yili (semestr) boshida oʻquvchilarning shaxsiy taʻlim trayektoriyasi shakllantiriladi, oʻquvchilar fan (modul) va oʻqituvchilarni tanlash boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda akademik guruhlar shakllantiriladi. Har oʻquv yilida oʻquv rejasiga muvofiq dars jadvali shakllantiriladi va oʻquv jarayoni amalga oshiriladi hamda doimiy ravishda taʻlim natijalari boʻyicha talabaning kreditlari hisoblanadi.
Shuningdek, yuridik texnikumlarda taʻlim sifati, pedagogik faoliyat darajasi, oʻquv-metodik ishlar, oʻquvchilar va bitiruvchilar bilimini tavsiflovchi maʻlumotlar bazasini tizimli shakllantirish hamda ularni reyting indikatorlariga muvofiq baholash asosida yuridik texnikumlarning har yili yangilab boriladigan reytingi joriy qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida taʻlimning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra:
Yuridik texnikumlarda oʻquv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi.
Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid maʻlumotlar, shu jumladan, taʻlim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni taʻminlash, taʻlim toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari TDYU tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Yuridik texnikumlarning oʻquv yili uchun taʻlim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat taʻlim elementlaridan tashkil topgan boʻlib, TDYU kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Taʻlim dasturi auditoriya mashgʻulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil taʻlim, amaliyot va boshqa taʻlim elementlaridan iborat boʻlishi mumkin.
Taʻlim dasturida kreditlarning miqdori oʻquv yuklamasi asosida koʻrsatiladi. Taʻlim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi batafsil maʻlumotlar yuridik texnikumning rasmiy veb-saytiga qulay yuklanadigan shaklda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va eʻlon qilib boriladi.Yuridik texnikumlarda oʻquv jarayoni oʻquv (auditoriya mashgʻulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi) va nazorat (modullar boʻyicha bilimlar oʻzlashtirilishini va ularning natijalarini baholash) tadbirlaridan tashkil topadi.
Oʻquv jarayoni oʻquvchilar, pedagog xodimlar va maʻmuriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida oʻquvchiga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda oʻquvchilarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʻlim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishining konstruktiv muhokamasiga jalb etilishi mumkin. Bunday muhokamalarda oʻquvchilar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin.

Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling