Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i Annotatsiya


Download 31.34 Kb.
bet5/6
Sana05.05.2023
Hajmi31.34 Kb.
#1427208
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola Baxtiyor 2

Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish
Yuridik texnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻquvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori yuridik texnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi ta’lim toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma beriladi. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 30 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor oʻquvchilar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.
TDYU kengashi qarori bilan auditoriya soatini sababsiz qoldirish foizi qisqartirilishi va akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yuridik texnikumlar oʻquvchilarini kursdan kursga oʻtkazishda GPA koʻrsatkichi TDYU tomonidan belgilanadi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʻlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.
Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Oʻquvchi ikkinchi kursni tugatgandan soʻng ikkala bosqichlari uchun belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa “bitiruvchi” maqomiga ega boʻladi. Bunda bitiruvchi maqomiga ega oʻquvchi modullarni mustaqil oʻzlashtirgan holda muntazam ravishda oʻtkaziladigan imtihon sessiyalarida imtihon topshirish yoki yakuniy davlat attestatsiyasidan shartnoma-toʻlov asosida oʻtish uchun murojaat qilishi mumkin.
Oʻquvchi oʻquv rejasida nazarda tutilgan kreditlarni toʻplasa, shu jumladan yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtsa oʻrta maxsus professional ma’lumot darajasiga ega boʻladi.
Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab TDYUga oʻqishga yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilingan talabalarning TDYUning birinchi kursi uchun yuridik texnikumlarda toʻplangan kreditlari TDYU kengashi qarori bilan koʻchiriladi. Yuridik texnikumlarda ta’lim olishning toʻlov qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt 60 kredit miqdorida hisoblanadi. Oʻzlashtirishlari shart boʻlgan (majburiy va tanlov modullar doirasida) kreditlardan tashqari oʻquvchilarga oʻz ixtiyorlari bilan qoʻshimcha modulni qoʻshimcha toʻlov asosida oʻzlashtirishiga ruxsat etiladi.
Fanlar boʻyicha qayta ta’lim olish uchun toʻlov qiymati Adliya vazirligi tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun toʻlov mexanizmi Adliya vazirligi tomonidan bir kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili davomidagi ta’lim olish uchun toʻlanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ta’lim dasturida belgilangan natijalarga erishish hamda kredit-modul tizimi toʻgʻri va haqqoniy qoʻllanilayotganligini aniqlash va baholash maqsadida oʻquv jarayonining monitoringi oʻtkaziladi. Monitoring yuridik texnikumlar va TDYU tomonidan soʻrovnoma, fokus-guruhlar, intervyu olish yoki erishilgan natijalarni tahlil qilish va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling