Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i Annotatsiya


Download 31.34 Kb.
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi31.34 Kb.
#1427208
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola Baxtiyor 2

Oʻquv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

  1. Taʻlim dasturi katalogi va oʻquv rejasini ishlab chiqish;

  2. Modullarning oʻquv dasturini (sillabusni) ishlab chiqish;

  3. Oʻquv rejasi va tanlov fanlari roʻyxatiga mos ravishda oʻquvchilarning shaxsiy taʻlim trayektoriyasini shakllantirish;

  4. Oʻquv jarayoni jadvalini tuzish;

  5. Akademik guruhlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzish.

Oʻquv rejasiga oʻquvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda oʻzlashtiriladigan qoʻshimcha kreditlar ajratiladigan taʻlim elementlari kiritiladi. Oʻquvchining jamoat ishlaridagi, ilmiy toʻgaraklar, yuridik klinikalar faoliyatidagi ishtiroki hamda xorijiy mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan qisqa muddatli kurslardagi ishtiroki ragʻbatlantirilib, kreditlar ajratiladi.
Oʻquvchi oʻquv yuklamasidan tashqari oʻz ixtiyoriga koʻra roʻyxati taqdim etiladigan qoʻshimcha fanlarni (modullarni) yoki boshqa fakultet va taʻlim yoʻnalishi oʻquv rejasining tanlov fanlarida mavjud fanlar roʻyxatidan qoʻshimcha fanni tanlab toʻlov-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat etiladi. Bunda qoʻshimcha oʻzlashtirilgan fanlar oʻquvchi oʻquv yuklamasiga (kreditlar hajmiga) qoʻshiladi hamda diplom ilovasida qayd etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan akademik davr shakli nazariy taʻlim davri semestr, trimestr va boshqa shakllarda oʻrnatilishi mumkin, shuningdek, oʻquv jarayonini tizimli tashkil etish uchun dars mashgʻulotlarini boshlash vaqti va smenasi belgilanadi.
Akademik davr davomida oʻquvchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov modullarini oʻz ichiga oladi.
Majburiy va tanlov modullari tarkibi hamda ularni oʻrganishga ajratiladigan kreditlar miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilanadi. Oʻquvchilar shaxsiy taʻlim trayektoriyasida belgilangan tanlov modullari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. Oʻquvchilarning shaxsiy taʻlim trayektoriyasini shakllantirish tartibi TDYU tomonidan belgilanadi.
Yuridik texnikumlarda oʻquvchi bir semestrda 30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi kerak. Semestr davomida oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarini oʻz ichiga oladi. Oʻquvchi oʻzining shaxsiy taʻlim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.
Yuridik texnikumlarning bitiruvchilari TDYUda ikkinchi kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega ekanligini inobatga olib, TDYUning birinchi kursidagi kreditlarini (60 kredit) yuridik texnikumlarda toʻplaydi. TDYUning birinchi kursidagi toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning yuridik texnikumning qaysi kursi davomida (birinchi yoki ikkinchi kurs yoxud ikkala kursda) toʻplanishi TDYU tomonidan belgilanadi. Yuridik texnikumlarda oʻquv yuklamasi hajmi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling