Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i Annotatsiya


Oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash tizimi


Download 31.34 Kb.
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi31.34 Kb.
#1427208
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola Baxtiyor 2

Oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash tizimi


Yuridik texnikumlarda taʻtil vaqtida, qoida tariqasida, yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. Yozgi semestr modullarni oʻzlashtirish (akademik qarzlarni topshirish), oʻquv dasturidagi farqlarni yoʻqotish maqsadida pullik asosda tashkil qilinadi.
Yozgi semestrning davomiyligi oʻquv jarayonining grafigi asosida yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kurslar kesimida belgilanadi. Bunda, oʻquvchilar bilimini baholash amalda belgilangan tartib asosida tashkil etiladi va yozgi semestrga jalb qilingan pedagog xodimlarga soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Oʻquvchilar oʻzlashtirishi natijalari transkriptda aks ettiriladi.
Kreditlarni koʻchirish yuridik texnikumda baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa taʻlim muassasasida tuzilgan shunga oʻxshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Oʻquvchilar akademik mobilligi va kreditlarni tan olish
Akademik mobillikni taʻminlash va oʻquvchining kreditlarini boshqa yuridik texnikum tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:

    1. ta’lim dasturi (fanlar) katalogi;

    2. ta’lim toʻgʻrisidagi kelishuv, ma’lumotnoma va sertifikat.

Mazkur hujjatlar ta’lim olish natijalarini aks ettiradi va yuridik texnikumga kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Oʻquvchi tomonidan yuridik texnikum ta’lim dasturi boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdori boshqa yuridik texnikumda (TDYUda) belgilangan ta’lim olish natijalariga muvofiq oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi.
Oʻquvchi joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi taʻlim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tomonidan oʻquvchiga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi.
Oʻquvchining akademik mobillik davrida oʻzlashtirilishi belgilangan ta’lim elementlarini joʻnatuvchi ta’lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan oʻzgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor taʻlim muassasalarining oʻquv dasturlarida belgilangan ta’lim olish natijalari yuridik texnikumlarning oʻquv dasturi boʻyicha taʻlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim.
Qabul qiluvchi ta’lim muassasasida oʻquvchi tomonidan oʻzlashtiriladigan ta’lim elementlari joʻnatuvchi ta’lim muassasasining oʻquv dasturiga integratsiya qilinganligi, shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlarning joʻnatuvchi va qabul qiluvchi ta’lim muassasalarining baholash tizimlariga konvertatsiya qilinganligi akademik mobillik toʻgʻrisidagi shartnomada aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Qabul qiluvchi ta’lim muassasasida oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdori yuridik texnikum (TDYU)da yoki xorijda oʻqish davriga (6 oy yoki 1-2 yil) mutanosib boʻlishi kerak. Joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tomonidan oʻquvchi akademik mobillik davrida oʻzlashtirgan (toʻliq yoki qisman) kreditlar tan olinadi. Oʻquvchi joʻnatuvchi ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, akademik mobillik davrida toʻplangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan xolda amaldagi tartib- qoidalar asosida uni keyingi kursga oʻtkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.

Download 31.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling