Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
RBT 9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protokollar: ma’lumot tuzatish qoidalari.
- Fizik protokol .
- Ma’lumotni tasvirlash protokoli .
Fep (Front – End Prosessor). Bu qurilma katta kompyuter – meynfreymga
ulangan mikrokomp-yuter bo’lib uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi. U komunikatsiya liniyasiga meynfreym ma’-lumotlarni uzatadi, xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asosiy protsessor vaqtini FEP ba’zan kommunikatsiya kontrolleri deb ham ataladi. Protokollar: ma’lumot tuzatish qoidalari. Ushbu mavzuda berilgan texnik ma’lumotlar oddiy foydalanuvchi uchun juda murakkab tuyuli-shi mumkin. Aslida esa u kompyuter oldga biriktirib kommunikatsiya liniyasi orqali biror xa-barni jo’natayotganida uzatishga bog’liq ikir –chikirlar bilan qiziqlaydi. Ammo mutaxassislar tarmoqni doimo kuzatib turishadi va protokollar deb ataluvchi maxsus axborot almashinish qoi-dalari bajarilishini nazorat qilib turishadi. Albatta bu jarayon avtomatlashtirilgan , ammo ko’pin-cha inson ishtirokisiz hal etib bo’lmaydigan muaommalar ro’y berib turadi. Protokol yoki kom-munikatsiya protokoli – bu kommunikatsiya tarmoqlarida turli standart va operatsion sistemalar platformasiga mos qurilma va programmalar o’rtasida ma’lumot almashish va ularni moslashtirish bo’yicha maxsus qoidalar yig’ndisidir. Protokollar kommunitatsion qurilma va programma-lar ichiga joylashtirilgan. Protokollar ma’lumot qanday qilib manzilga xatosiz yetib borishi , turli operatsion sistemalar, turli standart va arxitekturadagi qurilmalar orasidagi moslikni va ma’lumot uzatish tezligini ta’minlab turadi. O’tmishda hamma qurilma va programmalarning ishlab chiqaruvchilari turli standartlar bi-lan mahsulot ishlab chiqarishardi . Bu mos kelmaslik muammosi keltirib chiqardi. Buning nati-jasida esa turli standartdagi programma va qurilmalalar o’rtasida ma’lumot almashinish juda murakkab bo’lardi. Yaqin yillarda ko’p ishlab chiqaruvchilar yagona OSI (Open Sistema Inter-connection) nomli protokollar asosida ishlashga qaror qilishdi. OSI - bu Xalqaro Standartlar Tashkiloti (International Standart Organization) tomonidan 127 qabul qilingan xalqaro standart bo’lib , butun dunyo kompyuter kommunikatsiyasi uchun protokollarini ushbu 7 darajasini belgilab qo’ydi: Fizik protokol . Uzatish muhiti orqali bitlarning uzatilishini boshqaradi; Bog’lovchi protokol . Bir uzeldan ikkinchi uzelga malumot uzatilishini taminlaydi; Tarmoq protokoli . Tarmoqlararo malumot almashishni taminlaydi; Transport protokoli . Xabarlarini to’liq uzatilishini nazorat qiladi; Seans pratokoli. Uzatish tartibini boshqaradi : uzatishni boshlash , to’xtatish va hokazoni nazorat qiladi; Ma’lumotni tasvirlash protokoli . Ma’lumotni kodlash (shifrlash )ni boshqaradi; Amaliy programmalar protokoli .Kommunikatsion amaliyot programmalar o’rtasidagi ma’lumot almashinishni boshqaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling