Modul. Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni boshqarishda hisoblash texnikasining roli


TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va etap (pog‘ona)lari


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/81
Sana20.09.2023
Hajmi2.92 Mb.
#1682965
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Bog'liq
RBT 9-ma\'ruza

TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va etap (pog‘ona)lari. 1-rasmda 
ishlarni bajarish bosqich-lari (1, 2, ..., 7) va pog‘onalari (1.1, 1.2, ...,7.8), shuningdek 
ularni bajarish ketma-ketligi ko‘rsa-tilgan.
TJABT ni yaratishni tadqiq etish va asoslash. Bu bosqichda TJABT ni 
yaratish maqsadi,umu-man tizimga talablar, avtomatlashtiriladigan funksiyalar 
(ishlar) ro‘yxati shakllantiriladi,shuning-dek, tizim samaradorligi manbalari 
aniqlanadi. Bu bosqichda o ‘xshash obyektlar uchun TJABT ni qo‘llashning ma’lum 
hollari tahlil qilinadi, mavjud BTO ning texnik-iqtisodiy tadqiqi amalga oshiriladi. 
Tadqiqot obyektda erishilgan ishlab chiqarish resurslaridan (mehnat, xomashyo, 
mate-riallar, yonilg‘i, energiya, qurilma) foydalanganlik darajasini aniqlash 
maqsadida, 
shuningdek, 
boshqarishni 
avtomatlashtirishning 
zaxiralaridan 
foydalanishga, resurslar sarfmi qisqartirishga, ya’ni maqsadga qaratilgan 
mahsulotning tannarxini pasaytirishga va uni ishlab chiqarishni ko‘-paytirishga 
ta’sirini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu bosqichdagi ishlarning natijasi TJABT 
ni yaratishning texnikiqtisodiy asoslanishi (TIA) va hisobot tarzidagi BTOni tadqiq 
qilish hamda tahlil qilish natijalari hisoblanadi. Ishlar tizim buyurtmachisi va ishlab 
chiqaruvchisi vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ishchi brigadalarga TJABT 
bo‘yicha, texnologiya, NO‘A va avtomatlashtirish, iqtisod, sistemotexnika bo‘yicha 
mutaxassislar kiradi. 


139 
Texnik topshiriq. Ishlardan maqsad — TIA ga muvofiq TJABT ni yaratish 
imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; TJABT ni yaratish 
bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. 
Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiytadqiqot ishlarini (ITI) o‘tkazish, 
avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan 
ta’minlanadi. ITI jarayonida BTO, informatsion tizmalar va boshqarishning eng 
qiyin vazifalari boshqaruv mezoni va cheklanishlarni tanlab hamda texnologik 
jarayonning matematik modellarini va o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar 
olib boriladi.Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABTni 
har xil ta’minotlar bo‘yicha yaratish mum-kinligini tasdiqlaydi; tizimi eng muhim 
vazifalari yoki bo‘g‘inlarining ishonchliligi, ta’sirchan-ligi va metrologik 
ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob-kitoblarini tez bajaradi; HT vositalarining 
samarali yuklanishini,zarur hisoblash quvvatlarini baholaydi; texnik vositalar 
kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni o ‘tkazadi. Ishlar natijasi TJABTni 
ishlab chiqishga texnik topshi-riq hisoblanadi bu keyingi barcha ishlar uchun 
majburiy dastlabki hujjatdir. 

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling