modul. Fanning umumiy mohiyati. Ma’ruza Mavzu: Kirish. “Materialshunoslik” fanining maqsadi va vazifalari
Kirish. “Materialshunoslik” fanining yaratilishi va rivojlanishi
Download 36.38 Kb.
|
1-Maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Metallarni ishlab chiqarish usullarining bosqichlari.
Kirish. “Materialshunoslik” fanining yaratilishi va rivojlanishi. Ma’lumki, yuqori ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar jamiyatidagina sanoatning turli tarmoqlari takomillashgan, texnika va texnologiya rivojlangan bo’lib, sifatli va arzon, raqobatbardosh maxsu-lotlar ishlab chiqarish mezoni yuqori bo’ladi.
“Materialshunoslik” fanida turli konstruktsion materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy usullari, ular xossalarining turlicha bo’lish sabablari o’rganilishi bilan bir qatorda zarur xossaga ega bo’lgan detallar tayyorlash bilan bog’liq texnologik jarayonlar ham o’rganiladi. Bu fan fizika, kimyo va boshqa fanlarga asoslangan bo’lib, talabalarning texnologik saviyasini kengaytirish bilan birga maxsus texnologik fanlarni o’rganishda poydevor bo’ladi. Shuning uchun kelgusida o’z soxasining etuk mutaxassisi bo’luvchi har bir talaba bu fanni qunt bilan o’rganmog’i zarur. 3. Metallarni ishlab chiqarish usullarining bosqichlari. Arxeologlarning Misrda, Xitoyda va boshqa mamlakatlarda olib borgan izlanishlari odamlar eramizdan 7-6 ming yillar muqaddam sof xolda uchragan metallar (Ai, Ag, R’, ba’zan Si va metiorit temir) bilan tanish bo’lganliklarini ko’rsatadi. Ular eramizdan 5-4 ming yillar avval rudalardan Si, Sn, R’ larni ajratib olganlar va ehtiyojlariga ko’ra ulardan ayrim ish qurollari ham tayyorlaganlar. Eramizdan 3-2 ming yillar avval esa misga qaraganda puxtaroq va qattiqroq, bo’lgan, uning qalayli qotishmasi (bronza) ni olganlar (shu boisdan tarixda bu davrni bronza asri deb ham yuritilgan). Eramizgacha odamlarga hammasi bo’lib ettita metall (Ai, Ag, Su, Fe, Sn, R’ va As) ma’lum bo’lgan xolos. Lekin temirni qachon va qaerda, qanday qilib olingani haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Ma’lumki, odamlar olovdan foydalanishni bilgunlaricha ko’p yillar davomida temir olishni bilmaganlar. Shu boisdan yashin natijasida yongan daraxtlar suv toshqinlari, shamollar natijasida o’chmasligi uchun uning atrofini turli toshlar, ma’danlar bilan o’rab, o’chmas gulxanlar hosil etganlar va zaruriyatga ko’ra atrofida yashaganlar. Olov yaxshi alanga olishi uchun uni yog’och kosovlar bilan kovlaganlarida kullar ichidagi shlaklangan g’alvirak massaga ko’zlari tushgan. Uni olib toshlar bilan zarb berib, uchlik qurollar tayyorlaganlar. Kullar ichida bunday plastik massa bo’lishining sababi gulxan atrofini uragan ma’danlar ichida oson kaytariladigan temir birikmalari bo’lgan va ularni yuqori temperatura (900-1000°S) da temir uglerod II oksidi (SO) gazi bilan qaytarilgan. Download 36.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling