Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi – mard va jasur ajdodimiz
Download 151.79 Kb.
|
7-mavzu Maruza slayd
XIII asr boshlariga kelib Xorazmshohlar O‘rta Osiyoda hukmronlikni to‘la o‘rnatgan edilar. Lekin bu davrga kelib feodal tarqoqlik avj olib, turli viloyatlarning beklari va amaldorlari o‘z mustaqilligi uchun to‘xtovsiz kurashlar olib bordilar. Muhammad Xorazmshoh davlati tashqaridan kuchli ko‘rinsada, aslida zaiflashib qolgan bir davlat edi.
Haddan ziyod o‘ziga bino qo‘ygan,soxta obrulardan sarmast bo‘lgan, o‘zini “Iskandari soniy” (Ikkinchi Iskandar) deb atagan Muhammad Xorazmshoh mo‘g‘ullar hujumi boshlanishi bilanoq butunlay vahimaga tushib, dushmanga qanday zarba berishni ham, mamlakat mudofaasini tashkil etishni ham bilmay qoladi. Bu borada shohga berilgan to‘g‘ri maslahatlar ham (masalan, o‘g‘li Jaloliddin va Xo‘jand hokimi Temur Malik) unga kor qilmaydi. Buning aksicha, Xorazmshoh o‘z saroyidagi bir to‘da qo‘rqoq, sotqin shaxslar qutqusiga uchib mamlakat taqdirini o‘z holiga tashlab, arkoni davlati bilan janub tomon ravona bo‘ladi. Keyinchalik u mo‘g‘ullar ta’qibidan chekina-chekina oxiri Kaspiy dengizining Ashura orolidan panoh topib, shu yerda 1220 yilning dekabrida xoru zorlikda vafot etadi. Download 151.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling