- Taniqli venger olimi Herman Vamberining ma’lumot berishicha, bir safar mo‘g‘ullar Hind yerida Jaloliddinni ta’qib etib, unga juda yaqinlashib boradilar: “Mo‘g‘ullar saflarini tezlashtirib, g‘alaba qilgan shahzodaning ortidan ketdilar. U (Jaloliddin) g‘azablangan arslon kabi dushmanga goh o‘ng, goh so‘l qanotdan, ba’zan markazdan hujum qildi”. Oqibatda mo‘g‘ullar uni o‘rab oldilar. U Sind daryosining 10 arshinlik sohilidan suvga sakradi va narigi tomonga salomat chiqib oldi. Buni ko‘rgan mo‘g‘ullar uning ortidan suvga tashlamoqchi bo‘ladilar. Lekin Jaloliddinning qahramonligiga hayron, mutaasir bo‘lgan CHingizxon, Mirzo Ulug‘bekning ta’kidlashicha, bundan keyin ta’qib etishni man qildi va o‘zining o‘g‘illariga xitob qilib aytdi: “Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug‘ilmagan. U sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir”.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |