Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi mard va jasur ajdodimiz


Download 9.25 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi9.25 Kb.
#105175
Bog'liq
Tarix 6mustaqil ish


Mo’g’ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi – mard va jasur ajdodimiz.

Ochilxonov Abdujalolxon

Mo’g’ullar haqida juda ko’plab ma’lumotlar mavjud bo’lib, ular menu (menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bor tilga olinadi. Mog’ul atamasi haligacha o’zining ilmiy isbotiga ega emas. Mo’g’ullarni birlashtirish chog’ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Unga ko’ra Mo’g’ul qabilalari mingliklarga bo’lingan bo’lib, u butun bir boshli harbiy okrug vazifasiga to’g’ri kelardi. O’z hokimiyatini to’liq mustahkamlab olgach, Temuchin 1206-yili Mo’g’ullarning umum qurultoyi (“qurultoy” – “xalq xohishi” degan ma’noni anglatgan) ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy Mo’g’ul hukmdori – xon deb tantanali e’lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy “Chingizxon” degan faxriy nom beriladi.

Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrga bostirib kirib, birin-ketin shaharni egallab Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo’yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og’ir bemor bo’lgan Muhammad o’g’illarini yoniga chorlab, so’nggi damda Jaloliddinni o’z o’rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O’zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqishadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o’z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo’g’ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so’ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerda u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da’vat etdi, bir oydan so’ng G’azni tomon yurdi. Yo’lda unga Hirot vodiysi qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo’shin bilan kelib qo’shilgan. Qandahorni qamal qilib turgan mo’g’ul qo’shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tor-mor keltirgan. Jaloliddin valiyon qal’asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg’ur boshchiligidagi mo’g’ul qo’shiniga qarshi hujum qilib, 3 kunlik jangdan so’ng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo’g’ul askari o’ldirilgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi. Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi otlangan. G’ardiz qal’asi yaqinida u Chingizxon qo’shinining ilg’orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Hind daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo’shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o’tishga imkon bermay qurshab oladi. 1221- yil 25- noyabrdagi tengsiz jangda mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin 4000 jangchisi bilan Hindning o’ng sohiliga suzib o’tib, cho’l ichkarisiga kirib ketadi. Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolgan Chingizxon , o’z o’g’illariga qarab: “Ota o’g’il mana shunaqa bo’lishi lozim!”, degan.



Mamlakatimiz hukumati Jaloliddin Manguberdinig mo’g’ul bosqichilariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qilindi (1998). 2000- yilning 30-avgustida “jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
Download 9.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling