Mohiyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasining mohiyati va ahamiyati


Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 57.1 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi57.1 Kb.
#1263588
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Kichik biznes ma\'ruza matni (1)

3. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishnnng mamlakatimiz va xorij tajribasini tahlil etib, faqat ularga xos bo‘lgan quyidagi ustuvor xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin. Ya’ni: mulkdorlar sonini ortirish imkoniyatining mavjudligi; aholi daromadlarini oshirish mumkinligi; nisbatan kamroq hajmda kapital xarajatlarni amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlarining tashkil etish mumkinligi; rasmiy ravnshda mutaxassislikka ega bo‘lmagan xodimlarni ish joylarida kasbiy yo‘naltirish orqali, yangi ish o‘rinlarining tashkil etish mumkinligi: raqobat muhitini shakllantirish mumkinligi; nisbatan qisqa muddatlarda sarflangan kapital ko‘yilmalar o‘zini oqlashi va shu kabilardir.
Mazkur holatlar va xususiyatlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyatini hamda respublikamizda uni rivojlantirish zaruriyatini belgilab beradi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu sohada tuzilmaviy shakllanishni kuchaytirish va ular faoliyatini moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo‘linmalari bajargan avvalgi ko‘p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko‘ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o‘sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o‘sishi, bozordagi talab va uning o‘zgarishiga tez moslashuvchan bo‘lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog‘ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo‘lib, bunday korxonalar yig‘indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
Demak, mamlakatimiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan korxonalarga alohida e’tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar, tashabbuskorlikni talab etishini anglab, ayni shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Shunday ekan, mintaqalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so‘nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim1.
Kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlar, tizimli ravishda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining katta qismi ham aynan shu sohaga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tubdan o‘zgartirish va ular tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishni shiddatli raqobat sharoitidagi o‘z iqtisodiy echimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda turli mulkchilik munosabatlarining shakllanishi, shu bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mulkdorlarning o‘rta sinfi shakllanishi, aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish vazifalarining mavjudligi, aholi bandligini oshirish maqsadida yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish hamda farovonligini oshirishning muhim omili sifatida yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati sohasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar quyidagilardan iborat:

  • tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan yer ajratish sohasidagi kamchiliklar;

  • tadbirkorlik faoliyati sohasidagi mutaxassislar yetishmovchiligi;

  • tadbirkorlik faoliyati rivojidagi marketing muammolari;

  • tadbirkorlik faoliyati mahsulotlarini akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish masalalarini takomillashtirish.

Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning asosiy qismi faoliyatni boshqaruv jarayonida motivatsiyaviy omillardan foydalanmaslik va uni keng qo‘llamaslik hamda tadbirkorning kerakli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuniga tushunmasligi, o‘z vaqtida davlat boshqaruv organlariga murojaat qilmasligi sababli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy motivatsion omillaridan tashkiliy motivatsion omillarini ko‘radigan bo‘lsak, u quyidagilardan iborat:

  • tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda motivatsion omillarga tayangan holda qarorlar qabul qilish;

  • samarali boshqarish usullarini ishlab chiqish;

  • xodimlardan intizomlilikni talab etish;

  • o‘z qobiliyatini ishga solish;

  • innovatsion faoliyatni takomillashtirish;

  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tashqi hamkorlar bilan munosabatlarni yaxshilash;

  • yaratilgan mahsulot va xizmatlarning eksport darajasini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish;

  • tadbirkorlik faoliyati natijalari bo‘yicha davlat organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini tubdan takomillashtirish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy motivatsion omillari quyidagilardan tashkil topgan:

    • rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;

    • o‘rinsiz tekshiruvlarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish;

    • moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy institutlarning rolini oshirish;

    • soliqqa tortish va soliq yukini yanada kamaytirish va rag‘batlantirish;

    • iqtisodiy maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish;

    • ishlab chiqarishda xom ashyo resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish;

    • xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish.

Huquqiy-motivatsion omillarga:

    • tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish;

    • xodimlarga belgilangan majburiyatlar bajaralishini nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqish;

    • rahbarning jamoa barcha a’zolariga adolatli bo‘lishini ta’minlash;

    • vazifalarni xodimlarning huquqiy burchlaridan kelib chiqib aniq rejalashtirish;

    • xodimlarga majburiy jazo-choralarni qo‘llash;

    • xodimlar o‘rtasida oshkoralikni ta’minlash;

    • tadbirkorlik faoliyatiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish kabilar kiradi.


Download 57.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling