Mohiyati. Molekulalararo ta’sirlashish kuchi


Download 1.09 Mb.
bet3/8
Sana25.04.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1398830
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
muxridinga

Flotatsiyaning usullari


Flotatsion boyitish (flotatsiya) – bu mineral zarrachalarni ikkita fazalari chegarasida ( suyuq – gaz, suyuq – suyuq va b.) tanlab biriktirishga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish jarayonidir. Jarayonda ishtirok etuvchi fazalarga bog’liq holda flotatsiya jarayoni ko`pikli, plyonkali, moyli, suvyuqmas qattiq yuzali va moyli yuzali turlarga bo`linadi.
Ko`pikli flotatsiya – bo`tanaga yuborilgan havo pufakchalariga yoki gaz pufakchalariga suvda namlanmagan (gidrofob) zarrachlarni biriktirib bo`tana yuzasiga ko`tarilib ko`pik sifatida ajralishiga asoslangan jarayondir. Suv bilan namlangan zarralar esa bo`tana ichida muallaq holda qoladi.
Plyonkali flotatsiya – shunday jarayonki, bunda harakatlanayotgan suv oqimi yuzasida gidrofob zarralar ushlanib qoladi, gidrofil zarralar esa cho`kadi.
Moyli flotatsiya – bo`tanadagi moy tomchilariga gidrofob zarralarni yopishib yuqoriga suzib chiqshiga asoslangan. Gidrofil zarrachalar esa bo`tanada muallaq holda qoladi.
Qattiq devor flotatsiyasi – bu mayin shlamlarni (-10 mkm) flotatsiyalash jarayoni bo`lib, bunda flotatsiyalanuvchi o`lchamdagi gidrofob zarrachalardan vosita sifatida foydalaniladi. Vositachi zarralarga mayin shlamlar birikib agregatlar hosil qiladi va ular ko`pik flotatsiyasi singari ajratib olinadi.
Ionli flotatsiya – eritmadan ionlarni ajratib olishga mo`ljallangan jarayon bo`lib, mayin dispers gifrofob zarralarni yig’uvchi reagentlar tasirida ajratib olinadi.
Vakuum flotatsiya – flotatsiya jarayonining bir turi bo`lib, eritma yoki aralashmadan vakuumda ajratib chiqadigan gaz pufakchalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektr flotatsiya – bu suvni elektrolizlashda hosil bo`ladigan kislorod va vodorod pufakchalarida mineral zarrachalarini flotatsiyalash jarayonidir.
Flokulyar flotatsiya – zarrachalarni reagentlar bilan dastlabki ishlov berish natijasida hosil bo`lgan flokulalarni ko`pikka ajratib olishga asoslangan.



  1. rasm. Flotatsiya jarayonining prinsipial sxemasi:

1 - qobiq; 2 - aralashtirish va havo bilan to’yintirish bloki; 3 – ko`pik yig’uvchi moslama.

Ko`pikli separatsiya – dastlabki geterogen aralashmani avvaldan tayyorlangan ko`pik qatlamiga (ko`pik qatlamini buzmagan holda) berish natijasida gidrofil va gidrofob zarralarni ajratish jarayonidir.
Flotogravitatsiya – mineral xomashyoni flotatsiya va gravitatsiya usullarini qo`llagan holda ajratib olish jarayonidir. Bunda reagentlar bilan ishlov berilgan minerallar aralashmasi gravitatsiya uskunalarida (cho`ktirish mashinasi, boyitish stoli, torayib boruvchi tarnov) boyitiladi.
Hozirgi vaqtda eng ko`p qo`llanilayotgan flotatsiya usuli ko`pikli fllotatsiya jarayoni bo`lib, bunda deyarli barcha turdagi foydali qazilmalarni boyitish mumkin.
Flotatsiya jarayoni flotatsiya mashinasi deb nomlanuvchi boyitish uskunasida amalga oshiriladi. Uskunaning asosiy qismlari qobiq 1, aralashtirish va havo bilan to`yintirish qurilmasi 2, ko`pik yig’uvchi 3 dan tashil topgan (76 – rasm).
Flotatsiya quyidagi ketma - ketlikda amalga oshiriladi:

  • flotatsiya kamerasiga bo`tana (mineral zarrachalar va suv aralashmasi) yuboriladi;

  • bo`tanaga flotatsiya reagentlarini yuborish orqali havo pufakchasiga bir turdagi zarrachalarni biriktirish va boshqa turdagi zarrachalarni pufakchaga birikmasligini ta`minlanadi;




  1. rasm. Minerallashgan havo pufakchasi kompleksining shakllanish sxemasi

    • bo`tanadagi mineral zarralar:

1,2 – mos holda yig’uvchi va ko`pik hosil qiluvchining qutblanmagan (apolyar) va qutblangan (polyar) qismlari.

      • bo`tanaga disperslangan havo yuboriladi va ko`p miqdorda mayda pufakchalar hosil qilinadi. Pufakchalarning barqarorligini ta`minlash uchun bo`tanaga ko`pik hosil qiluvchi reagent qo`shiladi;

      • mineral zarrachalar havo pufakchalari bilan to`qnashib unga birikadi, minerallashgan komleks hosil qiladi (77 – rasm);

      • minerallashgan pufakchalar bo`tananing yuzasiga suzib chiqadi va (gaz pufakchalari va bir-biriga zich joylashgan minerallarni o`zida mujassam qilgan) ko`pik qatlamini hosil qiladi;

      • minerallashgan ko`pik bo`tana yuzasidan maxsus moslama yordamida ajratib olinadi.

Odatda ko`pik qatlamiga foydali minerallar o`tadi, bo`sh tog’ jinslari esa bo`tana ichida qoladi.
Natijada ikkita mahsulot olinadi: ko`pikli va kamera mahsuloti.
Flotatsiyaning umumiy samaradorligi mineral xomashyoning texnologik xossalariga va flotatsiya jarayonini tashkil qiluvchi har bir ichki jarayonning samaradorligiga bog’liq.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling