Mohiyati. Molekulalararo ta’sirlashish kuchi
Cho`ktirish sxemalariRudani boyitish fabrikalarida cho`ktirish quyidagilarda qo`llaniladi
Download 1.09 Mb.
|
muxridinga
Cho`ktirish sxemalariRudani boyitish fabrikalarida cho`ktirish quyidagilarda qo`llaniladi:oxirgi mahsulotlarni olish bilan boyitishning asosiy operatsiyasi sifatida; boyitishning boshqa usullari: stollardagi boyitishlar, magnitli separatsiya, flotatsiya bilan birgalikda aralash yordamchi operatsiyalar kabi. Sxemaning ikkinchi variantida boyitishning birinchi bosqichida cho`ktirish bilan ag’darmali chiqindilar ajratiladi, oraliq mahsulot esa oldindan maydalangandan va tasniflangandan so`ng aytib o`tilgan usullarning biri bilan tozalanadi. Cho`ktirish sxemalari quyidagilarga bo`linadi: konditsion boyitma va chiqindilarni ajratish bilan; boshqa usullar bilan keyingi boyitishga duch qilinadigan ag’darma chiqindilarini va kamqiymat boyitmani olish bilan; keyingi ishlov berishga duch qilinadigan nokonditsion boyitmalar va chiqindilarni ajratish bilan; yanchish va tasniflash davrida boyitishning boshqa usullari bilan birgalikda aralash kompleksda cho`ktirishdan foydalanish bilan. Temir rudalari cho`ktirishni qo`llash bilan sinflarga oldindan tasniflashni o`z ichiga olgan sxema bo`yicha boyitiladi: -30+12; -12+6; -6+3; -3+1,5; -1,5 mm. Yiriklikning -1,5 mm sinfdan tashqari har bir sinfi, oldindan maydalangandan so`ng - 1,5 mm sinf bilan birga qo`shiladigan konditsion mahsulotlar, chiqindilar va oraliq mahsulotlarni olish bilan alohida cho`ktirishga duch qilinadi va alohida davrda boyitiladi. Nodir metallar mavjud sochilmali rudalar oldindan yuvishni va -25+6 va -6 mm sinflarga tasnifni o`z ichiga olgan sxema bo`yicha boyitiladi, ular konsentratsiya stollarida boyitishga va keyingi me`yoriga yetkazishga yuboriladigan chiqindi jinslarini va kamqiymat boyitmani (oraliq mahsulotni) olish bilan cho`ktirishga alohida duch qilinadi. Qalay, volframli va boshqa rangli hamda nodir metallarni boyitish sxemalarida cho`ktirish me`yoriga yetkazishga yuboriladigan dag’al boyitmani olish bilan va konsentratsiya stollarida, shlyuzlarda va yana boyitmani olish bilan cho`ktirish mashinalarida ko`p bosqichli boyitishga duch qilinadigan chiqindilarni va ag’darma chiqindilarini olish bilan sxemaning asosiy qismida (69-rasm) qo`llaniladi. Marganetsli rudalarni boyitishda cho`ktirish magnitli separatsiya va flotatsiya bilan birgalikda boyitishning turli bosqichlarida qo`llaniladi. Cho`ktirish mahsulotlari yanchiladi va magnitli separatsiya sxemasining turli uchastkalarida keyingi boyitish bilan tasniflanadi, bu chiqindili marganetsning eng kam talafotlarida oliy sortli boyitmaning eng yuqori miqdorini olish imkonini beradi. Shlamlarni boyitish uchun flotatsiyadan foydalaniladi. Ko`mirni boyitish fabrikalari sxemalarida ko`mirning yirik sinfi (antratsit) ikkita yoki uchta mahsulotga ajratish bilan og’ir muhitli separatorlarda boyitiladi. Mayda ko`mir yoki antratsit (0,5-13 mm) cho`ktirish bilan boyitiladi. Bunda kokslash uchun ko`mirni cho`ktirish mashinalarida uchta oxirgi mahsulotlarni (tovarli sanoat mahsulotini ham kiritgan holda) ajratish bilan boyitishga harakat qilinadi. rasm. Cho`ktirishni qo`llash bilan qalayli rudalarni gravitatsiyali boyitishning asosiy sxemasi. Dastlabki ko`mirning qiyin boyitilishida yoki boyitma chiqishiga va sifatiga yuqori talablar mavjudligida sanoat mahsulotini qayta boyitish talab etiladi, bu cho`ktirma nazorat mashinasida yoki og’ir muhitli gidrosiklonlarda amalga oshiriladi. Og’ir muhitli separatorlarning yirik sanoat mahsuloti ham maydalashdan so`ng nazorat operatsiyasiga yuborilishi mumkin. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling