Mohiyati va ahamiyati (2 soat)


Download 1.78 Mb.
bet3/10
Sana06.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1329985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу

6.2. DASTLABKI VA KEYINGI MERKANTILIZMNING
O‘ZIGA XOSLIGI

Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi98. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo‘l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo‘lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:


– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni;
tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslikni.

97 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 62-b.
98 Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017, 75–77-б.
129

Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‘proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymatini pasaytirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantlistlarning boylik muammosiga bo‘lgan qarashini o‘zgartirishga majbur etdi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling