Mohiyati va ahamiyati (2 soat)
Download 1.78 Mb.
|
3-мавзу
6.5. MERKANTILIZMNING TARIXIY AHAMIYATI
Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo‘jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo‘lsada, bu ularga ko‘plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo‘lgan ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo‘lgan emas. Masalan, mamlakatning o‘z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to‘g‘ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo‘lsada, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki «yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan. Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining va Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Fransiyada uning o‘rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi. Xususan, Fransiyada XVII asrda 102 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 66-b. 139 moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog‘i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‘zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‘li bilan fermer xo‘jaliklarining shakllanishiga to‘sqinlik qilindi. O‘sha davrdagi Fransiya ichki bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan «torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog‘lab tushuntirildi. Natijada, fransuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o‘ziga xos fransuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi. Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‘ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo‘lgan g‘oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilstik chora-tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling