Мол ёғини совутиш учун совуткич лойихаси
Download 0.76 Mb.
|
Мол ёғини совутиш учун совуткич лойихаси
QURITISH JARAYONI.
REJA: Quritish jarayonining nazariy asoslari. Nam havoning asosiy xossalari. Nam havoning holat diagrammasi. Quritishning tezligi. Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug`lanish yuli bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug`) fazasiga o’tadi. Nam materiallarni quritish jarayonining sanoatda tashqil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida o’zatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni uch xil usulda: mexaniq, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin. Mexaniq usul bilan suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv to’tgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch ta`sirida ajratib olinadi. Odatda mexaniq yul bilan namlikni ajratish-materiallari suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexaniq suvsizlantirishdan sochng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan ajratib chiqariladi. Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish, asosan laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yuli bilan uni suvsizlantirish mumkin. Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo’lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexaniq usul bilan, sochngra qolgan namlik esa quritish yo’li bilan ajratiladi. Bunda jarayonning samaradorligi ortadi. Quritish ikki xil (tabiiy va sunchiy) yo’l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon o’zoq vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun sunchiy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarda olib boriladi. Quritilishi lozim bo’lgan materiallar uch turga bo’linadi: qattiq (donali, bo’lak-bo’lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar). Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o’zaro kontakt qilish usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi: 1) konvektiv quritish nam material bilan qurituvchi agent tochg`ridan-tochg`ri o’zaro aralashadi; 2) kontaktli quritish issiqlik tashuvchi agent va nam material o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi; 3) radiasiyali quritish issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi; 4) dielektrik quritish material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi; 5) sublimatsiyali quritish material mo’zlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiradi. Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi. Sanoatda asosan quritishning konvektiv usuli keng qo’llaniladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling