Mol mulk solig’i Reja


Download 63.4 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1499748
  1   2   3
Bog'liq
Self study Moliya II


Mol mulk solig’i

Reja:

1. Mol-mulk solig’i to’lo’vchisi


2. Mol-mulk solig’i obyekti va bazasi
3. Mol-mulk solig’i stavkasi
4. Mol-mulk solig’i imtiyozlari
5. Mol-mulk solig’i muddatlati


Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samo-lyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar.
Ularga qarashli boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala va bogʻ hovlilardagi uy-joylari, inshootlar va boshqa qiymatining, agar ularning 1998-yil 1-yanvargacha qayta inventarlashtirish qiymati hisoblab chiqilgan boʻlsa 0,5%, qayta hisoblab chiqilmagan boʻlsa, 7% miqdorida mol-mulk solig’i toʻlaydilar (2003). Oʻzbekiston Respublikasi Soliqkodeksi, Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’i kamaytirish, bu soliq boʻyicha imtiyozlar berish yoki ozod etish tartibi mavjud.

O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar Soliq solish obyektidir. Mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilaridir.
Soliq kodeksining 272-moddasiga ko’ra, soliq to’lovchilar bo’lib, mulkida Soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda to’zilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Agar ko’chmas mulk egasining joylashgan yerini aniqlash imkoni bulmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs Soliq to’lovchi bo’lib hisoblanadi.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish ob’ektidir.

Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling