Mol mulk solig’i Reja


Soliq solinadigan obyektlarning nomi


Download 63.4 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1499748
1   2   3
Bog'liq
Self study Moliya II

Soliq solinadigan obyektlarning nomi
1. Turar joylar, kvartiralar, dala hovli, qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar
2. Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo’lgan turar joy va kvartiralar:
a) 200 kv.m. dan oshiq va 500 kv.m gacha bo’lgan.
b) 500 kv.m. dan oshiq bo’lgan.

Soliq solinadigan baza.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq bazasi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofik aniqlanadi. Soliq solinadigan baza bo’lib, ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilangan Soliq solish obyektlarining inventarizasiya qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun xujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati Soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir necha Soliq solish obyekti bo’yicha Soliq to’lovchi bo’lgan tagdirda Soliq solinadigan baza har bir obyekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovlari soliq solish obyektlari joylashgan (ro‘yxatidan o‘tkazilgan) yerdagi mahalliy budjetga kiritiladi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga, normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan 4 %dan 3%ga pasaytirildi.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va hisobotlarni taqdim etishda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
Mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish obyektlari bundan mustasno) quyidagi miqdorlarda 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 2,5 mln so‘m;


📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 1,5 mln so‘m;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln so‘m.

Agar obyektning 1 м² qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli.



Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha quyidagi huquqlar berildi:
- 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani 2022-yil 1-fevralga qadar ko‘chmas mulk obyektlariga 1 м² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;
- 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani 2022-yil 1-aprelga qadar, penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasini qo‘llamasdan taqdim etish;
- 1 м² obyektning qiymati belgilangan minimal qiymatdan kam bo‘lgan taqdirda, 2022-yil 1-aprelga qadar ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash rejalashtirilganligi to‘g‘risida soliq organini xabardor qilgan holda ko‘chmas mulk qiymatini 2022-yil 1-oktabrga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish, mustaqil baholash yakunlangandan keyin 30 kun davomida soliq organlariga mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish.
Yangi neft va gaz quduqlarini, ularni foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki 2 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda. Ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati yakunlangach, keyingi 3 yil davomida mazkur quduqlarga nisbatan belgilangan soliq stavkasining 50 %ga kamaytirilgan stavkasi qo‘llaniladi.


Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling